A. A. Toshboyev


Organik o‘g‘itlardan foydalanish va uni ko‘paytirish yo‘llari



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə50/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   137
O

Organik o‘g‘itlardan foydalanish va uni ko‘paytirish yo‘llari. Organik o‘g‘itlar tarkibida azot, fosfor, kaliy, kalsiy va o‘simliklarni oziqlantirish uchun kerak bo‘lgan boshqa elementlar, shuningdek, tuproqqa ijobiy ta’sir etadigan organik moddalar bo‘ladi. Organik o‘g‘itlar tarkibida azot, fosfor va kaliy miqdori mineral o‘g‘itlar tarkibidagiga qaraganda kamroq bo‘ladi, shunga ko‘ra ularni uzoqqa tashib bo‘lmaydi, to‘plangan joyidan olib foydalaniladi va shuning uchun ham mahalliy o‘g‘itlar deb ham yuritiladi. Organik o‘g‘itlarga hayvonlar go‘ngi, turli xil kompostlar, ko‘k o‘tlar kiradi.


Go‘ng – eng muhim organik o‘g‘it hisoblanadi. Go‘ngning tizimli ishlatilishi yerning oziqliligini, suvliligini va havo tizimini yaxshilaydi, gumus tarkibini va

-92-

mikrobiologik tarkibini yaxshilaydi, achchiq mineral o‘g‘itlarning zararli ta’sirini kamaytiradi. Shuningdek, atrof-muhitga ta’siri juda kam. Agroximiya laboratoriyalarining tahlil natijalariga ko‘ra, yirik shoxli qoramolning go‘ngida umumiy azot miqdori o‘rtacha – 0,54 foiz, shundan: ammiakli – 0,70 foiz, fosfor

– 0,28 foiz, kaliy – 0,60 foiz, organik oziqlar – 21 foiz, suv – 65 foiz. C:N=19:1 bog‘lanishda. Ilmiy-tadqiqot ma’lumotlariga qaraganda go‘ngning o‘rtacha me’yori (gektariga 20 – 30 tonna) birinchi yili yerga solinganda hosildorlikni o‘rtacha hisobda gektariga don ekinlarida 6–7 s., kartoshkada 60–70 s., ildizmevalilar va silosbop ekinlarda 150–200 s.ga oshiradi. Shuningdek, keyingi yillarda ham ekinlar hosildorligini oshiradi. Suyuq holdagi go‘ngda ham azot va kaliy ko‘proq bo‘lib, u o‘simliklar tomonidan oson o‘zlashtiriladi.





    1. tonna go‘ngda azot (N), fosfor (P2O5) va kaliy (K2O) ning miqdori taxminan 14 kg; organik oziqlar – 210 kg, qolgani suvni tashkil qiladi. Zamonaviy mineral o‘g‘itlarda oziq moddalar konsentratsiyasi o‘rtacha 36 foizni, 1 tonnada 360 kgni, ya’ni go‘ngga nisbatan 26 marta ko‘proqni tashkil etadi.

Mineral o‘g‘itdagi oziq modda elementlari aralashmasi (konsentratsiyasi) ortib borishi davom etsa, go‘ng tarkibida esa tez kamayib boradi.













Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə