A. A. Toshboyev



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə49/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   137
O

Murakkab o‘g‘itlar – kimyoviy yo‘l bilan olinadigan kuchli ta’sir qiladigan oziq elementlari bo‘lib, tarkibida gomogen borligi bilan boshqa o‘g‘itlardan farq qiladi. Shuningdek, o‘g‘itlarni bu turiga murakkab aralash o‘g‘itlar ham kiradi. Ular ayrim o‘g‘itlarga kislota va ammiaklarni aralashtirish yo‘li bilan olinadi.

-91-


Aralash o‘g‘itlar – bir xildagi o‘g‘itlarni bir-biriga mexanik usulda aralashtirish yo‘li bilan olinadi.


Kompleks o‘g‘itlar – tabiiy fosfatlar azot kislotalari bilan aralashtirib yoki sulfat kislota hamda superfosfatni ammiak va ammiakatlar bilan birgalikda ishlash yo‘li orqali olinadi.

Respublika qishloq xo‘jalik korxonalarida keyingi yillarda tuproq unumdorligining pasayib borayotganligiga birinchi sabab, mineral o‘g‘itlar turi va oqilona foydalanilmayotgani bo‘lsa, ikkinchi sabab, tabiiy imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayotganidir. Tuproq unumdorligini oshirishda tabiiy imkoniyatlardan biri, almashlab ekishga qat’iy rioya qilishdir. Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan hosilning yarmi mineral o‘g‘itlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Ekinlarni almashlab ekish, dalaga mineral o‘g‘itlarni o‘z vaqtida me’yorida va o‘z muddatlarida ishlatish yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Shuning uchun min-eral o‘g‘itlarning me’yorini belgilashda hosil miqdori, tuproq unumdorligi, almashlab ekish, tuproq eroziyasi, sho‘rlanish va boshqa omillarga e’tiborni qaratish lozim. Bu sharoitni respublika qishloq xo‘jalik korxonalari hamda xorijiy davlatlar qishloq xo‘jaligida ham asosiy e’tiborni qaratadi. Respublikaning turli xil tuproq iqlim sharoitlarida paxta hosili uchun o‘rtacha gektariga 200-250 kg azotli, 140-175 kg fosforli, 100-125 kg kaliyli o‘g‘itlar ishlatiladi.


AQSHda esa 150 kg azotli, 90-100 kg fosforli, 70-80 kg kaliyli o‘g‘itlar, Xitoyda


150-180, 100-120, 80-100 kg ga to‘g‘ri kelmoqda. Boshoqli don ekinlarining o‘rtacha 1 gektar g‘alla maydoniga Respublikada 150-200 kg azotli, 100-140 kg fosforli, 60-70 kg kaliyli o‘g‘itlar ishlatiladi. Rivojlangan chet mamlakatlardan Fransiyada azotli o‘g‘it miqdori 125, fosforli 85, kaliyli 100 kg. Germeniyada 195, 100, 135. Yaponiyada 145, 162, 135. Xitoyda 130, 80, 52. Hindistonda 150, 75, 50 kg ga to‘g‘ri kelmoqda. Respublika paxta va g‘allachiligida ishlatiladigan o‘g‘itlar miqdori chet davlatlarga nisbatan ancha yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun mavjud o‘g‘itlardan samarali foydalanib, o‘g‘it hisobiga yetishtirilayotgan hosilni oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish zarur.



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə