A. A. Toshboyev


Yangi go‘ngning tarkibi, % da



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə51/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   137
O

Yangi go‘ngning tarkibi, % da.







7.3.3-jadval.















































































Tarkibi







Somonli to‘shama




Torfli to‘shama










aralash

sigir




ot

qo‘y

cho‘chqa




sigir




Ot




























Suv

75

77,3

71,3

64,6

72,4

77,5

67,0







Organik moddalar

21

20,3

25,4

31,8

25,0

-

-







Umumiy azot

0,50

0,45

0,58

0,83

0,45

0,60

0,80










Ammiakli azot

0,15

0,14

0,19

-

0,20

0,18

0,28







Fosfor (P2O5)

0,25

0,23

0,28

0,23

0,19

0,22

0,25







Kaliy (K2O)

0,60

0,50

0,63

0,67

0,60

0,48

0,53







Kalsiy (CaO)

0,35

0,40

0,21

0,33

0,18

0,45

0,44







Magniy (MgO)

0,15

0,11

0,14

0,18

0,09

-

-

































































































Kuniga 30-40 tonna go‘ngning parchalanishidan 35 dan 65 kggacha CO2 karbonat angidrid ajralib chiqadi. Bu esa o‘simlikning uglerod bilan oziqlanishini ancha yaxshilaydi. O‘simliklar birinchi yili go‘ng tarkibidagi umumiy fosforning taxminan 30-40 foizini va kaliyning esa 60-70 foizini o‘zlashtiradi.


Parranda go‘ng o‘simliklar tomonidan oson o‘zlashtiriladigan tarkibida azot, fosfor va kaliy bo‘lgan tez ta’sir etuvchi o‘g‘itlardan hisoblanadi. U hamma



-93-

ekinlar uchun asosiy o‘g‘it sifatida beriladi. Bu xildagi o‘g‘it yerni asosiy ishlash vaqtida tuproqqa plug yordamida ko‘mib ketiladi. Respublika qishloq xo‘jaligida organik o‘g‘itlardan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki organik o‘g‘it tuproqning unumdorligini oshirib qolmay, ekin hosildorligini ham oshiradi. Mahsulot sifatini yaxshilaydi, undan tashqari, sovet tuzumi parchalanib ketishi bilan mineral o‘g‘itlarni talab bo‘yicha yetkazib berish imkoniyati bo‘lmay qolmoqda. Chunki ayrim ma’dan o‘g‘itlarini hamdo‘stlik davlatlaridan olib kelishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa o‘g‘it tannarxini keskin oshirib yubormoqda. Shuning uchun organik o‘g‘itlardan kompost tayyorlab, sug‘orish orqali shimdirilgan holatda ekinga berish yaxshi natija bermoqda. Paxta hosildorligini 3-4 s/ga oshirishga imkon yaratib, gektaridan 78–104 ming so‘m qo‘shimcha daromad keltirmoqda. Don ekinlarida esa 6–7 s/ga yoki 54–63 ming so‘mni tashkil etmoqda. Oldimizda turgan asosiy muammo organik o‘g‘itlarni o‘z vaqtida to‘plab, undan sifatli kompost tayyorlab qishloq xo‘jaligiga yetkazishdan iboratdir. Biz, avvalo, respublikadagi mavjud organik o‘g‘it hajmini aniqlab olishimiz kerak. Shunda uni talab va taklifga asosan, ta’minlab berish va undan kompost tayyolash imkoniyati yaratiladi. Organik o‘g‘it hajmini ikki xil usul bilan hisoblash mumkin. Birinchidan statistik ma’lumotlar orqali, ikkinchidan me’yoriy hisob -kitoblar orqali aniqlanadi. Me’yoriy ko‘rsatkichlar asosida organik o‘g‘itni har bir hayvonot turi bo‘yicha bir kunlik go‘ng va uni tarkibidagi NPK miqdori asosida belgilanishini 7.3.4 -jadvaldan ko‘rib chiqamiz.


7.3.4-jadval


Organik o‘g‘it tarkibidagi azot, fosfor va kaliy miqdori, me’yori.









Chorva va parranda turi




1 sutkadagi chiqadi-




1 tonna go‘ngda, kg













gan go‘ng miqdori




(N),







(P2O5)







(K2O)














































Qo‘y (quruq)




1 kg




16







5







14













(nam)




1 kg

8

2.5

7













Ot




15 kg

6

3

5













Aralash

-

3.5

2

5













Qoramol




15 kg

4

2.5

5













Cho‘chqa




1 kg

4

2

6













Parranda




20 gramm

34

16

8













Ipak qurti (nam)

-

25

5

-













(quruq)

-

50

10

-













Fekalli (o‘rada)

-

4,5

1,5

1,5













(kompost qilingan)

-

6

2

2























































-94-

Berilgan me’yor orqali respublikadagi mavjud mollar sonini kunlik go‘ng chiqarish me’yoriga ko‘paytiriladi va bu yig‘indini 365 kunga ko‘paytirilsa, yillik me’yoriy organik o‘g‘it hajmini azot, fosfor va kaliy me’yorik ko‘rsatkichiga ko‘paytirish yo‘li bilan uning tarkibidagi mineral o‘g‘itlar salmog‘i aniqlanadi.


7.3.5-jadval


2005-yilda Respublika qishloq xo‘jaligi bo‘yicha organik o‘g‘it


hajmining aniqlanishi.




1 sutkada chiqadigan go‘ng miqdori, kg

Yirik shoxli


15
qoramol


Qo‘y va
1

echkilar




1 yilda chiqadigan go‘ng miqdori, kg

Respublikada mavjud chorva soni,mingbosh

Respublikada chiqadigan jami organiko‘g‘ithajmi,mingtonna




1 tonna go‘ngda mineral o‘g‘itme’yori,kg







Respublika bo‘yicha go‘ngdagimineralo‘g‘ithajmi,tonna

























N




P

K

N

P

K



















5,475

6543,9

35778,5

4

2,5

5

143114,0

89446,3

178892,5




0,365

11248,4

4105,7

8

2,5

7

32845,6

10264,3

28739,9










Cho‘chqalar

1

0,365

87,6

32

4

2

6

128,0

64,0

192,0




Parrandalar

0,02

0,0073

20670,6

150,9

34

16

8

5130,6

2414,4

1207,2




Jami










40067,1










181218,2

102189,

209031,6































0








































Respublika qishloq xo‘jaligidagi mavjud qoramollar sonini bir sutkalik yoki bir yilda chorvadan chiqadigan go‘ng miqdoriga ko‘paytirish yo‘li bilan yillik shartli organik o‘g‘it miqdori aniqlanadi. Masalan, 2005-yilda respublika bo‘yicha yirik shoxli qoramollar soni 6534,9 ming bosh bo‘lib, yillik go‘ng miqdori 35778,5 ming tonnani yoki undan chiqadigan azot miqdori 143114 tonna, fosfor 89446,3 tonna, kaliy esa 178892,5 tonnani tashkil etadi. Respublika bo‘yicha chorva mollarining go‘ng miqdori 40067.1 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, undagi azot – 181218,2 tonnani, fosfor – 102189,0 tonnani,



-95-

kaliy – 209031,6 tonnani tashkil etmoqda. Respublika qishloq xo‘jaligi uchun yillik o‘g‘it sarfi azot – 619 ming tonna, fosfor – 121 ming tonna, kaliy – 26 ming tonnani tapshkil etmoqda. Demak, azotning 79 foizi, fosforning 86,9 foizi, kaliyning 85,6 foizini organik o‘g‘it hisobiga qoplash mumkin. Shuning uchun, avvalo, chorva bosh sonini ko‘paytirib ixtisoslashtirilgan holatda boqishni, yig‘ilgan go‘nglarni o‘z vaqtida dalaga yoki o‘ralarga, maxsus belgilangan joylarda kompost tayyorlash yo‘lga qo‘yilsa, o‘g‘it miqdoriga hosil miqdori ortib uning sarf-xarajatlari keskin kamayadi.

Kompost tayyorlashni xo‘jaliklarda amalga oshirish mumkin. Chorva-chilikdan olinadigan organik o‘g‘itlarni dala boshida yoki maxsus transheya-larda tashilib, unga talabga qarab mineral o‘g‘it aralashtirilib, ustini yopiq holda bir yil muddatda saqlanadi. Ekinlarni oziqlantirish muddatlarida har bir konturdagi kartogramma ma’lumotlari bo‘yicha organik o‘g‘it beriladi. Kompost traktor va qishloq xo‘jalik mashinalari yordamida tirkama usulida dalaga sepiladi. Tayyor kompost sharbat usulida ham ishlatiladi. Kompost tayyor moslama yoki suv yo‘llari uyumlariga shimdirilib, suv orqali egatlarga yuborilib, o‘simlik oziqlantiriladi. Suv orqali oziqlantirish samarasi yuqori bo‘lib, sarf-xarajatlar tejaladi va ekologiya buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mineral o‘g‘itlarga nisbatan arzon bo‘lib, u kompostni uy sharoitida ham tayyorlash mumkin.


Respublika bo‘yicha 2006-yil 1-yanvar holatiga kompost tayyorlash hajmi 1170 ming tonna bo‘lib, amalda 315,7 ming tonna tayyorlandi. 1 tonna kompostning qiymati 2005-yilda 1826,30 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2006-yilda 3679,80 so‘mni tashkil etdi. Organik o‘g‘it tayyorlash reja bo‘yicha 167,7 ming tonna bo‘lsa, amalda 173,2 ming tonna yoki 103,4 foizga yetgan. 1 tonna organik o‘g‘itning o‘rtacha bahosi 2286.4 so‘mni tashkil etdi.





Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə