A. A. Toshboyev


Tarkibidagi oziq moddalar



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə53/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137
O

Tarkibidagi oziq moddalar

























(N)







(P2O5)




(K2O)




СаО














































Aralash go‘ng




5.0




2.4




5.5







7.0
















Lyupinning ko‘k




4.5

1.0




1.7







4.7
















massasi















































































Qashqarbedaning

ko‘k

7.7

0.5




1.9







9.7
















massasi























































































































































































7.4. O‘simliklarni himoya qilishda servis xizmatini tashkil etish

O‘simlik zararkunandalariga qarshi kurashish vositalarini ishlab chiqarish va ta’minlash tashkilotlarining huquqiy asosi 2004-yil 23-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilingandan keyin o‘zgardi.


1979- yildan boshlab tashkil qilingan «Qishloqxo‘jalikkimyo» hududiy birlashma tarkibiga o‘tkazilgan o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari respublika bazasi yuqoridagi Qarorga binoan tugatildi.


Ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish maqsadida «O‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari respublika bazasi» aksiyadorlik jamiyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Jizzax va Buxoro viloyatlari chigirtkaga qarshi kurashish ekspeditsiyalarini; Respublika agrokimyo stansiyasini; Respublika o‘quv ishlab chiqarish biolaboratoriyasini; zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish bo‘yicha



-97-

diagnostika; prognoz va biometod Respublika va hududiy laboratoriyalari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga berildi.


O‘simliklar zararkunandalariga va kasalliklariga qarshi kurashish zaruriyati. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifati va salmog‘ini oshirishda turli tashkiliy tadbirlar amalga oshiriladi. Ayniqsa, agrokimyoviy tadbirlarni amalga oshirish hosilni oshirib qolmay, uning sifatini ham yaxshilaydi. Shuning uchun kimyoviy vositalardan samarali foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Mineral o‘g‘itlar ekinning hosildorligini, tuproq unumdorligini va mahsulot sifatini yaxshilaydi. Zaharli ximikatlar esa, zarurkunanda hasharot va kasalliklarga qarshi kurashishda qo‘llaniladi. Har yili o‘rtacha 1 mln. tonna paxta, 1 mln. tonna g‘alla qurt, zararkunandalar tomonidan nobud bo‘ladi. Bunga qarshi kurashish uchun oxirgi yillarda zaharli ximikatlarning 35000 xili sinovdan o‘tkazilib, 300 dan ortiq xili amalda samarali qo‘llanilib kelinmoqda. Sobiq sovet tuzumi davrida zaharli ximikatlardan foydalanish me’yorga nisbatan, ba’zan 2-3 barobar ko‘p ishlatilardi. Bu ximikatlar atrof-muhitga hamda inson organizmiga salbiy ta’sir o‘tkazardi.

O‘simliklarga, asosan, xonqizi, kuya, oqpashsha, ko‘sak qurti va boshqa hasharotlar zarar yetkazardi. Ularga qarshi kurashishda turli usullardan foydalanilardi. Asosan, zararkunandalarga qarshi kurashish samolyotda, qisman texnikada olib borilardi. Endilikda batamom samolyotda pestitsidlarni sepish to‘xtatildi. O‘simliklarga ishlov berish faqat texnika yordamida amalga oshirilmoqda. Inson salomatligi, atrof-muhitni muhofaza etish maqsadida turli usullardan foydalanilmoqda. Ayniqsa, biologik usul bilan kurashish yaxshi natija bermoqda. Zararkunandalarga qarshi trixogramma, gabrabrakon va biomateriallardan keng foydalanilmoqda. Bu atrof-muhitni tozalashdan tashqari sarf-xarajatlarni kamaytirish manbayidir.


G‘o‘zaning asosiy kasalliklari – ildiz chirishi, gommoz va vilt hisoblanadi.


O‘simlik zararkunandasi – tiris, ishralar, oqkanop, tunlanlar, ko‘sak qurtidir.


Qishloq xo‘jaligi amaliyotida ma’lum bo‘lgan 30 mingdan ortiq zarar yetkazuvchi kasalliklar, 100 mingdan ortiq xavfli hasharotlar mavjud.


Ushbu kasallik va hasharotlarga qarshi samarali himoya amalga oshirilganda, g‘alla ekinlari-25 %ga, paxta-27,5 %ga, qand lavlagi-25,5 %ga, kartoshka-31,5 %ga, sabzavot ekinlari-27,0 %ga, bog‘ ekinlari-29 %ga va uzumlarni-32 %ga oshirish imkonini beradi. Natijada o‘simliklarni himoya qilishni kuchaytirish orqali mamlakatda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 25 %gacha ortadi.


Bu kasallik va hasharotlarga qarshi kurashda ko‘plab preparatlar kashf qilingan va ular amaliyotda keng foydalanilmoqda. Lekin bu zararli hasharot



-98-

va kasalliklarning ayrim turlarini preparatlarga tez moslashayotganligi yangi preparatlarni kashf qilishni talab qiladi. Chunki bu qishloq xo‘jaligining doimiy zaruriyati bo‘lib qoladi.


Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashda pestitsidlardan foydalanish yo‘llari. Zararli hasharotlar qarshi kurashish kimyoviy vositalari (o‘simlik zararkunandalari va kasalliklari, ildizni zararlovchilar, qishloq xo‘jaligi mahsulotini buzuvchi zararkunandalar va mikroorganizmlar, insonlar va hayvonlarga kasallik tashuvchilar va zarurkunandalar) yagona nom bilan ifodalanadi – pestitsid (lotinchadan olingan Pests – zararkunanda va cide– o‘ldirish).

Pestitsidlarning quyidagi asosiy turlari mavjud:





  • insektitsidlar – zararli hasharotlarga qarshi kurashish uchun, uning turlari: afitsidlar va isektoalaritsidlar;




  • fungitsidlar – o‘simliklarning zamburug‘li kasalliklariga qarshi;




  • gerbitsidlar – o‘simlik ildiz kasalliklariga qarshi va boshqalar. Pestitsidlarning, shuningdek, o‘simlik o‘sishini tezlashtirishga va

sekinlashtirishga, bargni to‘kishga ishlatiladigan aralashmalar (defoliantlari); o‘simliklarni qurituvchi (desikentlar), davolovchi (attraktantlar) va sterlovchi (xemostreriyantlar) turlari mavjud.


Gerbitsidlar kimyoviy tarkibiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: anorganik va organik gerbitsidlar. Anorganik gerbitsidlar: natriy xlorit, natriy rodaniy, ammoniy sulfat, kaliy siyenid, kalsiy sianamid, sulfat kislota, natriy nitrat.


Xalqaro shartnomalarga muvofiq, nihoyatda xavfli zararkunandalarga qarshi kurash boshqa davlatlar bilan amalga oshiriladi. Gerbitsidning tanlab ta’sir etuvchi turi foydali o‘simliklarga ta’sir o‘tkazmay, yovvoyi o‘simliklarni yo‘qotadi. Yalpi qiruvchi gerbitsidlar esa barcha o‘simliklarni nobud qiladi.


Gerbitsidlar eritmalar, suspenziyalar, kukun, donador holatda ishlatiladi. Mamlakat hududida, 1500 turdan ortiq zararkunandalar bor, ulardan 70 tasi xavfli va 25 tasi o‘ta xavflidir. Dunyoda ularning soni 200 dan ortiq – xavfli va 80 dan ortiq – o‘ta xavflisi mavjud.


O‘simlik zararkunandalariga qarshi kurashish bo‘yicha fungitsidlar 2 ta asosiy guruhga bo‘linadi:





  1. O‘simlik kasalliklarini davolash (tarqalish) yoki oldini olish maqsadidagi himoya aralashmalari (preparat) mis va simobning noorganik aralashmasi, sineb, polikarbatsin, kaptan, ftalen va boshqalar. Himoyalovchi fungitsidlar kaptangli yoki sistemali ta’sir etuvchi turlar bo‘lishi mumkin.




  1. Davolovchi aralashmalar (preparatlar), temir kuporosi, nigroaralashma, figon, polisulfad.

-99-

Jahonda fungitsidlarning 100 dan ortiq turi mavjud.

Urug‘larni profilaktik dorilash – qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklariga qarshi kimyoviy kurashning samarali bir turidir. Dorilar zararli mikrofloralarni neytrallashtiradi, kombinatsiyalashgan dorilar esa tuproq kasalliklariga qarshi kurashishi kerak. Rtutorganik dorilar universal zamburuqqa qarshi va bakteriyalarga qarshi ta’sir etuvchi xarakterga ega. Kimyoviy urug‘larni dorilashdan tashqari ayrim o‘simlik urug‘larini dorilashga (sholi, sabzavot, g‘alladan) biopreparatlar (antibiologiklar) qo‘llaniladi.


Respublikada agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish takomillashib bormoqda. Bu esa qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l hosil olish, uni to‘la saqlash va erta yetiltirishda muhim rol o‘ynamoqda. Qishloq xo‘jaligi ekinlari va hosilni ekologik usulda himoya qilishda zararkunandalarga qarshi kimyoviy kurashish ham davom ettirilmoqda. Chunki ekinlar va ular hosilining 1 mln. tonnasi zararkunandalar va kasalliklar evaziga nobud bo‘ladi. Hasharotlarga qarshi o‘z vaqtida, ta’sirchan chora–tadbirlar ko‘rilmasa, fermerning yil davomida qilgan mehnatlari behuda ketishi mumkin.


Fermerlar ko‘sak qurti keltiradigan ofatni yaxshi biladilar. Har yili ko‘sak qurti 50-60% hosilni nobud qilishi mumkin.


Kemiruvchi zararkunandalar, ildiz qurti va ko‘sak qurtlari hosilni zararlayotganligini bevosita kuzatish mumkin. Shira va o‘rgimchakkana keltirgan zarar hosil yig‘ishtirib olingandan keyin ma’lum bo‘ladi. Bu zararkunandalardan zaiflashgan ko‘chat kam hosil beradi va to‘liq pishib yetilmaydi.


Zararkunandalarga qarshi kurashni va profilaktika ishlarini to‘g‘ri tashkil etish zarur. Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashni to‘g‘ri tashkil qilish uchun zararkunandalarning paydo bo‘lish paytini, tarqalgan ko‘lamini va zarar keltirish davrini aniq bilish lozim. Shuning uchun qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar yetkazayotgan asosiy zararkunandalarning turlari, hayoti, tarqalishi, hosilga yetkazayotgan zararini o‘rganamiz.




ILDIZ QURTI – 160 turdan ko‘proq o‘simliklarni, jumladan, makkajo‘xori, g‘o‘za, ildiz mevali va kuzgi g‘alla ekinlarini kuchli zararlaydi. Ildiz qurti respublikada keng tarqalgan. Ildiz qurti kapalagining qanotlari yozilganda, 4 smgacha yetadi. Oldingi qanotlari qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish rangda tovlanib turadi. Oldingi qanotining qoramtir yuraksimon dog‘i bor, keyingi qanotlari oq. Tuxumi gumbazsimon, oqish, sirti qovurg‘achali, rivojlangan sari qoraya boradi. Qurtning uzunligi 5 sm gacha yetadi. Ekilgan chigitni yoki endi unib chiqayotgan g‘o‘za ildizini shikastlab, nihollarni siyraklashtirib yuboradi. Ildiz qurtini aniqlash uchun, ertalab dalalar ko‘zdan kechirilsa, yangi

-100-

yiqilgan yoki so‘ligan ko‘chatlarning tagi 5-10 sm qazilsa, rangsiz yoki yer osti rangiga o‘xshagan kichkina, bir- ikki yoshli yoki kulrang uch-besh yoshli qurtlarni ko‘rish mumkin. Ildiz qurtining boshqa qurtlardan farqi shuki, uni qo‘lga olish bilan darrov kulcha ko‘rinishida o‘ralib oladi. Ildiz qurti bir yilda uch marta avlod beradi. Paxtachilikda, asosan, birinchi avlodi o‘ta zararli hisoblanadi. Kapalaklar mart oyining oxiri, aprel oyining boshida ucha boshlashadi. Har bir kapalak o‘rtacha 500-600 tadan tuxum qo‘yadi.




  1. Yüklə 1,46 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə