A. A. Toshboyev



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə55/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   137
O

Agortexnik tadbirlar – shira-tripsga qarshi yer maydonlarini o‘simlik qoldiqlaridan tozalash, yerlarni ikki yarusli pluglarda chuqur haydash, yaxob berish, almashlab ekishni joriy etish, chigitni o‘z muddatida ekish, g‘o‘za

-101-

nihollarini shira-tripsga qarshi chidamliligini oshirishda, har gektar maydonga 4,5 kg karbomid bilan 200 gramm kir yuvish poroshogi qo‘shib, 300 litr suvda eritib sepiladi. Imkoniyatga qarab, karbomid o‘rniga har gektar maydoniga 10 litrdan ammiakli suvni 300 litr suvga aralashtirib sepish ham mumkin.

Trips kuchli zararlangan maydonlarni zudlik bilan sug‘orib, qo‘shimcha oziqlantirish ham, asosiy agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi. Zararlangan maydonlardan yagona va o‘toq qilish paytida yulib olingan g‘o‘za va begona o‘tlarni dala chetiga olib chiqib ko‘mib tashlash shart.





  1. Biologik usul bilan kurashishda oltinko‘zdan foydalaniladi. Bunda maydonning zararlanish darajasiga qarab, har gektar maydonga 200 donadan 1000 donagacha oltinko‘z tuxumi yoki lichinkasi tarqatiladi.

  2. Kimyoviy usul ipak qurti uchun tut bargi kesib olingandan keyin boshlash kerak. Bunda har bir gektariga karbofos – 0,2 l/ga, siraks – 2,0 l/ga, karate-0,5 l/ ga miqdorida OVX –28 agregati va qo‘l apparatlari yordamida sepiladi.



O‘RGIMCHAKKANA – g‘o‘zaning eng xavfli zararkunandalaridan biri bo‘lib, o‘simlik shirasini so‘rib oziqlanadi. Erta bahordan to kech kuzga qadar hosilga zarar yetkazadi. O‘rgimchakkanani aniqlash uchun, g‘o‘za bargining orqa tomoni oq qog‘ozga qoqib ko‘riladi, agar qog‘ozda harakatlanayotgan mayda sarg‘ish, och qizil rangli nuqtalar ko‘rinsa, demak shu o‘simlikni o‘rgimchakkana zararlayotgan bo‘ladi. O‘rgimchakkananing zararini oddiy ko‘z bilan qaralganda, barglar va yosh hosil nishonalari to‘kilib ketganda aniqlash mumkin. O‘rgimchakkana bilan zararlangan maydonlardagi g‘o‘za nihollari o‘sishdan orqada qoladi, kuchli zararlangan maydonlarda 40-60% gacha hosil nobud bo‘lishi mumkin. Zararkunanda, asosan, agrotexnik tadbirlar buzilgan, rivojdan qolgan, atrofida tut daraxtlari va dala yo‘llari bo‘lgan maydonlarda tez tarqalib, hosilga sezilarli zarar yetkazadi.

O‘rgimchakkana mavsumda 18-22 martagacha avlod berib, bitta urg‘ochi o‘rgimchakkana 100-160 tagacha tuxumni barg orqasidagi o‘zi hosil qilgan o‘rgimchak iplari bilan o‘ralgan qismiga to‘p-to‘p qilib qo‘yadi. Yoz oylarida har 7-8 kunda bitta avlod beradi.




  1. Yüklə 1,46 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə