A. A. Toshboyev



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə56/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   137
O

Agrotexnik tadbirlar – erta bahorda dala betlaridagi tut daraxtlari va uvatlarga ohak – oltingugurt qaynatmasi (ISO) hamda o‘rgimchakkana bilan zararlangan maydonlarga oltingugurt kukuni bilan ishlov berish, to‘liq zararlangan g‘o‘za nihollarini yulib olib, dala tashqarisiga ko‘mib tashlash, kultivatorlarga oltingugurt xaltachalarini o‘rnatish zararkunandaning tarqalish xavfini kamaytiradi.

O‘rgimchakkana ko‘llatib sug‘orilgan, kultivatsiya muddatlari o‘tkazib yuborilgan va o‘ta chanqatib qo‘yilgan maydonlarda tez tarqaladi. Shuning uchun agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida o‘tkazish lozim.



-102-

  1. Ob-havoning quruq va o‘ta issiq bo‘lishi hamda muttasil esib turadigan shamollar ham o‘rgimchakkananing tabiiy kushandasi hisoblanadi. Zararlanish darajasiga qarab, har gektar maydonga 300-500 donadan oltinko‘z lichinkasi chiqariladi.

  2. Kimyoviy usul – o‘rgimchakkananing tuxumiga qarshi Nissoran 0,2 kg/ga, tuxumlardan o‘rgimchakkana chiqqanda omayt 1,5l/ga, dargit 1,5 l/ ga, uzmayt 3kg/ga miqdorida kimyoviy vosita, albatta, barg ostiga, ya’ni zararkunandaning o‘ziga tegishi shart.



KO‘SAK QURTI – g‘o‘zaning eng asosiy zararkunandasi hisoblanadi. 3-4 marta avlod beradi. Paxtachilikda 2-3 avlodi eng xavfli hisoblanadi. Har bir kapalak 1500-3000 donagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Sharoitga qarab 4-8 kunda tuxumdan qurt chiqadi. Zararkunanda ko‘p tarqalgan paytlar paxta hosilining 40-50 foizini nobud qiladi. Ko‘sak qurti tayyor meva, gul, shona va tugunchalarni zararlaydi. Bir dona qurt paxtaning 20 ta organini yeb tugatadi. Tuxumdan chiqqan yosh qurt avval shonani, shona tugagach, gulni va katta ko‘saklarni zararlaydi. Qattiq zararlangan katta ko‘saklar esa keyinchalik chiriydi, har 100 to‘p g‘o‘zadan 5 tasida qurt bo‘lganda ham har gektar yerda 5 ming dona qurt bo‘ladi. Bu qurtlarning har biri 20 tadan hosil organini zararlasa, bir gektar 100 mingta hosil elementi yoki kamida 4 sentner hosil nobud bo‘ladi.




  1. Yüklə 1,46 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə