A. A. Toshboyev



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə54/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137
O

Agrotexnik tadbirlar – ekindan bo‘shagan yerlarni kuzda chuqur shudgorlash, yaxob suv berish, dala chetlaridagi ildiz qurtlari qishlaydigan begona o‘tlarni olib tashlash, ekin maydonlarining atrofidagi tut daraxtlarini butash va ostini yumshatish zararkunanda tarqalishining oldini oluvchi asosiy omillardir. Mart oyining oxiri, aprel oyining boshlarida ildiz qurtining kapalaklariga qarshi zararlangan maydonlarda yagona va o‘toq qilish ma’lum muddatga kechiktirilib turiladi.




  1. Biologik usul – bunga uch marta trixogramma tarqatiladi. Dastlab ildiz qurti tuxum qo‘yishi boshlanishi bilan har gektar hisobiga 60 ming, ikkinchi marta 80 ming dona, uchinchi marta 60 ming dona trixogramma tarqatiladi.




  1. Kimyoviy usul – tunda ildiz qurtiga qarshi har gektar maydon hisobiga 60 kg kunjara, Karate 0,5 l, Siperfos 1,5 l yoki NRU – 0,5 agregatlari yordamida g‘o‘za ekilgan maydonlarga tunda sepiladi.



O‘simlik bitlari (shiralar) – bu zararkunanda o‘simlik shirasini so‘rib oziqlanadi. Natijada ko‘chat nimjonlashib, bir muncha rivojdan orqada qoladi. G‘o‘zaning birinchi mevalari pishib yetilmay, nochorlikdan ochiladi, tolasi sifatsiz bo‘ladi. Shira 20-26 marta avlod beradi. Asosan, tirik tug‘ishi oqibatida issiq kunlari 6-8 kunda bir marta avlod beradi, bitta urg‘ochi shira 50-100 donagacha tirik tug‘adi. Shiralar erta va kech kuzda ko‘plab tarqaladi. Shiralar, asosan, g‘o‘za unib chiqishi bilan paydo bo‘lib, oktabr oyigacha hayot kechiradi. Erta bahorda – mart oyida, havo harorati 5 darajagacha isiganda qishlovdan chiqadi.


TRIPS – juda mayda zararkunanda bo‘lib, uning uzun ikki juft qanoti bor, og‘iz apparati sanchib so‘ruvchi, tusi oqish, sariq rangli bo‘ladi. Katta yoshdagisi, asosan, o‘simlik qoldiqlarida qishlab qoladi. Erta bahorda begona o‘tlarda, keyinchalik g‘o‘zada rivojlanib ko‘payadi. Trips lichinkasining kattasidan farqi shuki, uning qanoti bo‘lmaydi. Trips yangi unib chiqqan g‘o‘za nihollarining o‘sish nuqtasini zararlaydi, natijada g‘o‘za nihollari shoxlab ketadi. Trips 6-7 marta avlod berib, bitta urg‘ochi 60 donagacha tuxum qo‘yadi.




  1. Yüklə 1,46 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə