A. A. Toshboyev



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə57/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   137
O

Agrotexnik tadbirlar – ekindan bo‘shagan maydonlarni ikki yarusli qilib, chuqur shudgorlash, qish kunlarida yaxob suv berish yo‘li bilan ko‘sak qurtining tabiatdagi birinchi avlodi ko‘payishining oldi olinadi. Shaxsiy tamorqalardagi pomidor, g‘o‘za, don maydonlari chetlariga feromon, o‘suv davri davomida har bir gektar maydonga ikki donadan feromon tutqichlar o‘rnatiladi.




  1. Biologik usul – ko‘sak qurtining tabiatdagi birinchi avlodi begona o‘tlarda va pomidorda tarqalib, g‘o‘zada esa ikkinchi avlodi shonalash paytida tuxum qo‘yishni boshlaydi. Bu may oyining 1-2 dekadasiga to‘g‘ri keladi. Shu jumladan, tuxumlardan qurt chiqishining oldini olishga e’tibor berish zarur, buning uchun biousul bilan ishlanadigan har bir gektarga 60000 dona trixogrammani 5x5 metr sxemada 400 ta joyga tarqatish kerak. Aks holda biologik usul samara bermaydi. Chunki trixogramma uzoqqa ucha olmaydi. Oradan 4-5 kun o‘tgandan so‘ng, 2-marotaba va yana shuncha kundan keyin 3- marotaba trixogramma tarqatiladi. Umuman, ko‘sak qurtining har bir avlodiga qarshi yangilangan 200 ming dona aktiv trixogammani havoning salqin paytida tarqatish tavsiya etiladi. Paykallardan ko‘sak qurti tarqalgan taqdirda esa, otalangan urg‘ochi xabrabkondan o‘rtacha 1:10 nisbatda, ya’ni 10 dona qurtga qarshi 1 dona xabrabkon tarqatiladi. Ko‘sak qurtining 1 avlodiga qarshi kamida 2 marta xabrabkon qo‘yiladi. Lekin bunday xabrabkonning aktivligi va ko‘sak qurtining

-103-

qalinligi hisobga olinadi. Umuman, xabrabkonni ko‘plab tarqatgan ma’qul. Ko‘sak qurtining tuxumi va kichik yoshdagi qurtlarga qarshi oltinko‘zdan foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda har 5 ta tuxumga 1 dona va har 1 ta qurtga ham 1 dona hisobidan oltinko‘z lichinkasi chiqariladi.



  1. Kimyoviy usul – kimyoviy ishlov beriladigan maydonlarda har 100 tup g‘o‘zadan 8 ta qurt va tuxum bo‘lsa, bu yerlarning har gektariga deltafos –1,5 l/ga, kinmiks – 0,6 l/ga, siperfos –1,5 l/ga, karate – 0,5 l/ga, sumialfa –0,6 l/ ga miqdorida kimyoviy vositalarini sepish mumkin. Ko‘sak qurti bilan birga o‘rgimchakkana ham uchrasa, unda kimyoviy ishlovni kompleks usulda olib borish mumkin. Bunda Deltafos 1,5 l/ga, Siperfos –1,5 l/ga miqdorida qo‘llaniladi.




Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə