A. A. Toshboyev



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə47/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   137
O

Fosforli o‘g‘itlar. Fosfor ham xuddi azot singari o‘simlik hayoti uchun eng zarur bo‘lgan oziq moddalaridan biri bo‘lib, murakkab oqsil turiga kiradi. O‘simlik fosforni neorganik holatda mineral birikmasini, ya’ni N2RO4 ko‘rinishida, shuningdek, uncha ko‘p bo‘lmagan miqdrorda NRO4 ko‘rinishidagi birikmani ham o‘zlashtiradi. O‘simlik tarkibidagi fosfor o‘zlashtirishiga qarab organik va neorganik holatda bo‘ladi. Organik fosfatlar tuproq tarkibidagi fosforning uncha ko‘p bo‘lmagan qisminigina tashkil etadi. Ularning ko‘p yoki oz bo‘lishi tuproqdagi organik moddalar miqdoriga bog‘liq bo‘lib, umumiy fosforning 10 foizidan oshmaydi. Organik fosfatlar o‘simliklarning fosfor bilan oziqlanishida katta rol o‘ynaydi.

O‘simlik normal o‘sishi uchun tuproqdan organik fosfatlar o‘zlashtirishi kerak. Bu esa tuproqda juda oz miqdorda bo‘ladi. Minerallashgan fosforlar ammoniy sulfat eritmasi yoki karbonat angidridga boy bo‘lgan suv orqali so‘riladi. Bular harakatchan yoki o‘zlashtiriladigan fosforlar deb yuritiladi. Tuproq qatlami chuqurlasha borgan sari fosfor miqdori kamaya boradi. Harakatchan fosforning yerdagi miqdori fasllarga qarab ham o‘zgarib turadi. Bundan tashqari, yerni muntazam ravishda ishlab turish va o‘g‘itlash natijasida ham harakatchan fosforlar miqdori o‘sib borishi mumkin. O‘simliklarni o‘g‘itlashdan ilgari, yerdagi mavjud bo‘lgan fosforlar miqdorini qat’iy hisobga olish lozim.




Kaliyli o‘g‘itlar ham boshqa asosiy o‘g‘itlarga o‘xshab o‘simliklarning normal rivojlanishi uchun zarurdir. Tajribalarning ko‘rsatishicha, har yili yerga solinadigan azot va fosforli o‘g‘itlar miqdori oshib borgan sari nihollarning kaliyli o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi ham ortib borar ekan.

Kaliyli o‘g‘itlar ikkita guruhga bo‘linadi. Xlorli va xlorsiz. Kaliyli o‘g‘itning xlorli bir necha turlari mavjud (xloristiy kaliy, kaliy tuzi va boshqa). Xlorsiz kaliy o‘g‘iti asosan, kompleks o‘g‘it tarkibida keladi.


Respublika agrar tarmog‘ida asosan, ma’dan o‘g‘itlardan samarali foydalanish uchun barcha huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslar yaratilmoqda. Sobiq ittifoq davrida ko‘pchilik o‘g‘itlarning komponentlari hamdo‘stlik



-89-


davlatlari – Rossiya Federatsiyasi, Belorus va Qozog‘iston Respublikalaridan olib kelib tayyorlanardi. Endilikda mahalliy xomashyodan keng foydalanilib, ma’dan o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda.
















































7.3.1-jadval.

















Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə