A. A. Toshboyev


Fermer xo‘jaliklarida infratuzilmaning rivojlanishi



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə41/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   137
O

7.2. Fermer xo‘jaliklarida infratuzilmaning rivojlanishi

Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan fermerlar soni va uning ekin maydonlari hajmi tez sur’atlarda o‘sib bormoqda. Bunday vaziyatda davlat



-76-


mulki bo‘lgan yerdan oqilona va samarali foydalanishning yanada ixcham, samarali va fermer xo‘jaliklari uchun qulay bo‘lgan usullarini topish va amaliyotga joriy etish talab etilmoqda. Buning uchun birinchi navbatda fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirish lozim bo‘ladi.

Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasida har bir fermer faoliyatidagi infratuzilmani rivojlantirish ustuvor vazifa bo‘lib, uni rivojlantirish to‘g‘risida katta ijobiy ishlar olib borilmoqda. Fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma faoliyatida ham o‘zgarishlar yuz bermoqda.




7.2.1-jadval.


Fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma ko‘rsatkichlarining tahlili


2002 y. 2003 y. 2004 y. 2005 y. 2006 y. Jami






Mini banklar

141

105

196

260

273

1041










Muqobil MTPlar

129

168

282

402

553

1826










Mineral o‘g‘itlar sotish

128

135

208

168

243

976










shoxobchalari





































Neft mahsulotlari sotish

140

138

236

321

282

1231










shoxobchalari





































Suvdan foydalanuvchilar

141

152

223

379

406

1502










uyushmalari





































Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini

-

-

88

136

270

550










sotish shoxobchalari





































Chorva mollarini sotish va




























zooveterinariya xizmati

-

-

91

116

130

417










ko‘rsatish shoxobchalari




























Axborot ta’minoti va konsalting

-

-

60

102

108

310










xizmati ko‘rsatish shoxobchalari





































Transport xizmat ko‘rsatish













68

78










shoxobchalari

















































Tara, idishlar va qadoqlash




























materiallari bilan ta’minlash













72

84










shoxobchasi




























Agrofirmalar













195

208



































































Manba: O‘zbekiston Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi ma’lumotlari

-77-


Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2002-2006- yillarda mini banklar soni 1041 taga, muqobil MTPlar 1826 donaga, Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi 1502 donaga oshdi. Ushbu infratuzilma fermer xo‘jaliklar faoliyatini yaxshilashga zamin yaratadi. Mahsulot hajmi ortadi. Sarf-xarajatlar keskin kamayib, mahsulot hajmi ortadi. Fermer xo‘jaliklarimizni rivojlantirish infratuzilma, ya’ni xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy ish usullaridan foydalanish, sifatli va arzon mahsulot yetishtirishdan iborat bo‘ladi.

2006-yilda respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon va fermer xo‘jaliklariga turli servis xizmatlari ko‘rsatuvchi 273 ta mini banklar, 282 ta yonilg‘i, 243 ta mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar sotish shoxobchalari, 553 ta muqobil MTPlar, 406 ta suvdan foydalanuvchilar uyushmalari, 270 ta qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish, 130 ta chorva mollarini sotish va zooveterinariya xizmati ko‘rsatish va 108 ta axborot ta’minoti hamda konsalting xizmati ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etildi. 2000-yilga nisbatan bir necha barobarga servis xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar sonini oshganligini ko‘rsatmoqda. Bu fermer xo‘jaligini rivojlantirish uchun infratuzilmani rivojlantirishga asosiy e’tibor berilayotganligini ko‘rsatadi. Fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatayotgan korxonalar barchasi to‘liq talab darajasida faoliyat ko‘rsatmayapti. 2004-yilda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiya dasturida belgilanganiga nisbatan 8 ta neft mahsulotlari sotish, 10 ta mineral o‘g‘it sotish, 10 ta muqobil MTP, 33 ta SFU, 11 ta qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish, 1 ta konsalting va axborot xizmati ko‘rsatuvchi shoxobchalar tashkil etilmasdan qoldi. Fermer xo‘jaliklari bilan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari to‘liq bajarilmasdan qolmoqda. Masalan, 2004-yil yakunida fermer xo‘jaliklari yonilg‘isi 10,3 ming tonna, mineral o‘g‘itlar 14,1 ming tonna, paxta shroti va 16,8 ming tonna sheluxa sotib olingan bo‘lsa, fermerlar birjalar orqali sotib olgan yonilg‘i va moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar ta’minot bozorlari tomonidan o‘z vaqtida bajarilmay qoldi. Oqibatda bu birja xizmati uchun to‘langan mablag‘larga, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilmasligiga olib kelib, fermerlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2004-yilda 9000 dan ortiq fermer xo‘jaliklari davlatga don sotish bo‘yicha shartnoma rejasini bajara olmadi. Ular tomonidan 90,7 ming tonna don topshirilmasdan qolgan. Shartnomani bajarmagan fermerlardan xo‘jalik sudlari orqali 3 mlrd. 274 mln. so‘mlik zarar undirildi. Fermerlar tomonidan ixtiyoriy ravishda 20 ming tonna don va 632 mln. so‘m mablag‘lar topshirildi. Umuman, don topshirmagan 289 ta fermerning yer ijara shartnomasi bekor



-78-


qilindi. Joriy yil hosili uchun 62 mingga yaqin fermerlar 1805 ming tonna paxta xomashyosini sotish uchun shartnoma tuzgan bo‘lsalar, ular shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardilar. Ular tomonidan sotilgan mahsulot xomashyo miqdori 1773 ming tonnani tashkil etgan. Ammo, 13,5 mingta fermer shartnoma rejasini bajara olmagan. 333 ta fermerning 11 ming gektar yer ijara shartnomasi o‘z arizalariga asosan, bekor qilindi. Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari (SFU) moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida fermer va dehqon xo‘jaliklariga ko‘rsatadigan xizmatlari uchun mablag‘ shakllanishi ko‘zda tutilgan. 2004 -yilda SFU lar tomonidan 17788 ta, 4848 mln. so‘mlik shartnomalar xizmat ko‘rsatish uchun tuzilgan bo‘lib, ularning 15208 tasiga 1576 mln. so‘mlik yoki 48 foiz xizmat ko‘rsatilgan. Shartnomalarning bajarilmasligiga asosiy sabab, SFUlarning moddiy texnika bazasi shakllanmaganligi va malakali mutaxassislar jalb etilmaganligidir. Fermer xo‘jaliklari faoliyatidagi infratuzilmalarni rivojlantirish fermer xo‘jaliklarining rivojlanish konsepsiyasiga binoan olib borilishini tashkil etishdan iborat.



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə