A. A. Toshboyev


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning ilg‘or texnologiyalari



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə37/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   137
O

6.4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning ilg‘or texnologiyalari

Qishloq xo‘jaligi yerlariga ishlov berishning bizga odat bo‘lib qolgan usuli tuproqdagi hayvonot dunyosiga, chuvalchanglar, qo‘ng‘izlarga va boshqa mikroorganizmlarga o‘zining salbiy fizik ta’sirini ko‘rsatmoqda. Fermerlar 49 yilga ijaraga olgan yerning ekologik holatiga: tuproq unumdorligi, suvdan foydalanish darajasi hamda texnologik jarayonlarining o‘z vaqtida bajarilishiga javobgar ekanligini inobatga olgan holda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini



-71-

yetishtirishning ilg‘or, tejamkor texnologiyalarini targ‘ib qilish bugungi dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Shudgorsiz ekish, yerga hech qanday mexanik ishlov bermaslik, odatda, oldindan gerbitsit moddalarini ishlatib, o‘simliklarni ekish, ba’zida esa urug‘larini to‘g‘ri joylashtirish uchun kichik g‘ovaklar hosil qilishdir.


Yerga minimal ishlov berish bo‘yicha tadqiqotlar dastlab AQSH, Yangi Zelandiya va Shotlandiyada o‘tkazilgan. «Ay-Si-Ay» firmasi 1961-yilda «parakvat» qo‘llash bilan shudgorsiz ekishni tavsiya qilishdan oldin iloji boricha hal qilish lozim bo‘lgan muammolardan biri tuproq bilan birikkandan so‘ng, kuchini yo‘qotib, parchalanib ketuvchi gerbitsitning qo‘llanilishi yerdagi o‘simliklarni nobud qilish bilan birga, tuproqqa mexanik ishlovsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish imkonini berishini aniqlagan.

Respublikamiz sharoitida suv-yer resurslarini tejash texnologiyalaridan biri bu bug‘doy va paxtani pushtaga ekish texnologiyasi hamda irrigatsiya tizimini takomillashtirish (latoklarni qo‘llash) dir.


Fermerlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri yer va suv resurslarini tejashda har bir m2 yer maydoniga sarflanadigan xarajat va olinadigan foyda miqdorini oshirishdir. Yil davomida issiqxonadan foydalanish bilan gullar yetishtirish, uzum yetishtirish, gidrofonda har xil mahsulot yetishtirish va boshqalar.

Yuqorida keltirilgan usul va uslublardan tashqari, maslahat beriladigan ish yuritish texnologiyalaridan biri bu aralash ekinlar hamda bir vaqtning o‘zida chorvachilik bilan parrandachilikni ham rivojlantirishdir.





Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə