A. A. Toshboyev


Yangi texnika va texnologiyalardan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini aniqlash



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə38/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   137
O

6.5 Yangi texnika va texnologiyalardan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini aniqlash

Fermer xo‘jaligida fan-texnika taraqqiyoti mavjud texnikani takomillash-tirishni, yangi, samarali texnikani, texnologiyani, xomashyoni, materiallarni yaratish va joriy qilish, shuningdek, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilishni hamda yaxshilashni o‘z ichiga oladi. Fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni intensivlashtirish va uning samaradorligini oshirishning hal qiluvchi yo‘nalishlaridan biridir.


Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi texnika taraqqiyotining muhim yo‘nalishi texnikani muntazam ravishda takomillashtirishdan, eskirgan texnikani yangi, unumli va tejamli texnika bilan almashtirishdan iborat.


Fermer xo‘jaligida texnikani takomillashtirish mashinalar, agregatlar va mexanizmlar quvvatini, ishlash tezligini oshirish, ko‘p jismoniy mehnat



-72-

sarflanishini talab qiluvchi moddiy mashinalardan yarim avtomat va avtomat mashinalar hamda liniyalarga, kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan sexlar hamda korxonalarga o‘tish yo‘li bilan bormoqda.

Fermer xo‘jaligida ishlab chiqarishning intensiv texnologiyasi qo‘llanilmoqda. Bularning hammasi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga yordam beradi. Shu sababli kichik biznes yoki katta hajmdagi qishloq xo‘jaligi korxonasi yangi texnologiyani joriy qilsa, iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘ladimi, yo‘qmi shuni hisob-kitob qilish kerak. Agarda yangi texnologiyani ishlab chiqarishga joriy qilganda, iqtisodiy samaradorlikka erishsagina bunday texnologiyani tezda joriy qilish kerak. Aks holda, yangi texnolgiyani joriy qilishdan hech qanday naf bo‘lmaydi. Yangi texnika va texnologiyalardan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:




Pq=(Ut x St)-(U1 x S1) x A


Bunda:


Pq – iqtisodiy samaradorlik, (foyda) so‘m;


Ut, St – yalpi mahsulotning yangi texnikani qo‘llashdagi «t» davridagi bahosi va tannarxi;


U1, S1 – yangi texnikani qo‘llashdan oldingi yalpi mahsulotning bahosi va tannarxi;


A – «t» davrdagi mahsulot hajmi.

Formula (UtxSt)>(U1xS1) bo‘lganida, yangi texnologiyani qo‘llash fermer xo‘jaligining yuqori iqtisodiy samara berishi tushuniladi.





Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə