Publitsistik matnni o‘qib tushunish bo‘yicha jami 262 ta test muhokama
qilindi.
96 ta testni o‘z ichiga olgan
8 ta variant aprobatsiya uchun tayyorlandi.
O‘qish savodxonligi (publitsistik va ilmiy-ommabop matnlar) yo‘nalishida
ilmiy-ommabop uslubdagi
88 ta matn ko‘rib chiqildi. Shundan
8 ta matndan test
tuzildi.
Ilmiy-ommabop matnni o‘qib tushunish bo‘yicha jami
303 ta test muhokama
qilindi.
96 ta testni o‘z ichiga olgan
8 ta variant aprobatsiya uchun tayyorlandi.
Eshitib tushunishni baholash bo‘yicha ko‘nikmalar aniqlandi.
Shu asosda
eshitib tushunish testi uchun
to‘rtta bosqich belgilandi.
100 dan ortiq audio,
video va matn shaklidagi monolog va dialoglar o‘rganib chiqildi.
Yozma nutqni baholash bo‘yicha komponentni shakllantirish uchun yozma
nutqni
baholash testi ikki bosqichdan iborat bo‘lishi belgilandi. Yozma nutq
bo‘yicha baholanadigan bilim va ko‘nikmalar belgilab olindi. Yozma nutqni
baholash uchun har biri
2 tadan topshiriqni o‘z ichiga olgan
8 ta variant
tayyorlandi.
Og‘zaki nutqni baholash bo‘yicha domen va subdomen mavzular tanlandi.
Og‘zaki nutq bo‘yicha baholanadigan bilim va ko‘nikmalar belgilab olindi.
Og‘zaki nutqni baholash bo‘yicha
8 variantli test aprobatsiyaga tayyorlandi.
11 mart kuni Xalq ta’limi vaziri tasarrufidagi filologiya maktabi, 12 mart kuni
Yangiyoʻl tumanidagi oʻquv markazida, 12 mart kuni
“ZAKOVAT ZEHN ZIYO"
NTM, 14 mart kuni Toshkent shahar Sergeli tumani xalq ta’limi bo‘limi qarashli 6-
ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 15 mart kuni “Tabiiy va
aniq fanlar”ga ixtisoslashtirilgan S.H.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik
litseyi, 16 mart kuni Islom akademiyasi akademik litseyi, 17 mart kuni Alisher
Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti akademik
litseyi, 18 mart kuni Toshkent viloyati Parkent tumani xalq ta’limi bo‘limi
tasarrufingizdagi
5-sonli
ayrim
fanlar
chuqur
o‘rganiladigan
davlat
ixtisoslashtirilgan maktablari jami 400 nafardan iborat
maktab bitiruvchilari
aprobatsiya jarayonlari o‘tkazildi.
4. Aniq va tabiiy fan o‘qituvchilariga sertifikat berishning milliy tizimini
yaratish va pedagoglarni birinchi, oliy malaka toifasini olishga tayyorlash
Dostları ilə paylaş: