A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik


«Nasimat ul-quds min hadoyiq a!-uns»



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/187
tarix27.04.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#107226
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   187
Madraimov A. Manbashunoslik

8.2.11. «Nasimat ul-quds min hadoyiq a!-uns»
«Nasimat ul-quds m in hadoyiq al-uns» («Avliyolik shabadasining yaqinlik 
bog'idan esishi») nomli asar Naqshbandiya tariqatining Hindistondagi g‘oyaviy 
rahbarlaridan bo'lgan M u h a m m a d H oshim Sirhindiy to m o n id a n 1622-yili 
yozilgan bo'lib, u Husayn Voiz al-Koshifiyning «Rashahot ayn ul-hayot» 
asarining davomi hisoblanadi. Kitob M o varounnahr, Xuroson, Hindiston 
va Sharqiy Turkistonda XVI—XVII asrlarda faoliyat ko'rsatgan Naqshbandiya 
tariqati namoyandalari hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan va 754 varaqdan 
iborat. M uallif o 'z asarini Naqshbandiya tariqatining Hindistondagi yirik 
nam oyandalaridan biri M u h a m m a d Baqr Sirhindiy (15 63/64— 16 0 3 /0 4 )ning 
topshirig'i bilan yozgan.
A sarda, ay n iq sa biografik m a ’l u m o t l a r k o 'p . S h u la r d a n u ch ta sin i 
keltiram iz. XVI asrda K o sh g 'a rn in g ijtimoiy-siyosiy hayotida birinchilik 
u c h u n kurashgan xoja Ubaydulla A h rorning avlodi xoja X ovand M a h m u d
bilan M ax d u m i A 'zarn K osoniyning o 'g 'li xoja Is’h o q o'rtasidagi kurash, 
K o sh g 'a rd a islom dinining targ'ibotchilaridan biri b o 'lm is h xoja Tojiddin
xoja M u h a m m a d Porsoning avlodi haqidagi m a ’lu m o t d iq q atg a sazovor.
«Xoja X ovand M a h m u d S h o hibekxon (Sh ay b o n iy x o n ) o'ld irilg an id an
keyin K o sh g 'arg a ketib qoldi. Sulton S a ’id x o n 1 uni xursandchilik bilan 
kutib oldi, iltifotlar ko'rsatdi va unga K o s h g 'a rd a m u rid la r orttirishiga 
k o 'm a k la sh d i. Xoja Y u su f 1532-yilning 12 -se n ta b rid a o la m d a n o'tdi».
1 S u lto n S a ’id x o n — M o ‘g ‘u listo n (J e tc ) x o n i (1 5 1 4 —1 5 3 2 -y y .).
81


«Tarixi Rashidiy» kitobining muallifi Mirza M u h a m m a d H ay d ar (1500— 
1551) yana bir qiziq m a ’lum otni keltiradi: «Xoja X ovand M a h m u d (haqiqiy 
ismi Shahobiddin M a h m u d , xoja Ubaydulla Ahror nabirasi) muridlar orttirish 
u c h u n K o sh g ‘arga kelganda u n in g bilan xoja Y u su f oralarida raqobat 
boshlandi. Shunday bo'ldiki, bir kuni xoja X ovand M a h m u d n in g oldiga 
b o rsa m h u z u rla rid a xoja M u h a m m a d l s ’h o q o 'ltirg a n e k a n la r. U la r
n im alam idir so'zlashib o'tirgan ekanlar. Xoja Xovand M a h m u d n in g jahli 
chiqib dedi; «Xoja Is’hoq! N im a sababdan sen m en g a bu n aq a gaplarni aytib 
o ‘tiribsan? Agar sen otangning muridi bo'lsang, m e n hazrati oliylari (xoja 
Ubaydulla Ahrorning muridim an. Bundan tashqari, sen yosh jihatdan menga 
o ‘g ‘il o ‘rn id asan . Xoja Is ’h o q ja v o b qildi: « M e n h a m ul j a n o b n i n g
m arham atiga tayanaman». Tortishuv tugagach, o ‘sha kuniyoq xoja Xovand 
M a h m u d Badaxshonga ketib qoldilar. O radan ikki-uch kun o ‘tgach, kim dur 
m enga xoja Is’hoqning t o ‘saddan o'sallab, vafot etganini xabar qildi.
M a x d u m i A ’z a m K o so n iy n in g o ‘g ‘li xoja Is ’h o q h a q id a s h u n d a y
m a ’lu m o t b a y o n etilgan. Olijanob xoja ( S a m a r q a n d d a n ) K o sh g ‘a r va 
X o 'ta n g a j o ‘n a b ketdilar. K o sh g ‘a r va X o ‘ta n xalqi ul j a n o b n in g s a ’y- 
harakatlari tufayli chin dinni (islom ni) qabul qildi. K oshg‘a r hokim i 
M u h a m m a d x o n xojaning haqiqiy va sofdil m uridi b o 'lib qoldi. Xullas, 
m azk u r xoja tufayli N aqshbandiya — Xojagon tariqati o ‘sha o 'lk ad a yoyildi. 
S o 'n g o 'rn ig a m uridi D evoni Ashtarni qo 'y ib , o ‘z yurtiga qaytdi va 1599— 
1600-yili vafot etdi. D e h b e d yonidagi Safed qishlog'idagi q abristonga 
dafn etildi. O ta sid a n keyin u shu qishloqda istiqom at qilib tu rg an edi.
X o ja M u h a m m a d P o r s o n i n g u l u g ‘ a jd o d i xoja T o j i d d i n h a q i d a
quyidagicha m a ’lu m o t bor. Xoja T o ju d d in xoja H ofiziddin B ux o riv n in g 1 
ajdodi, xoja R a sh id id d in n in g o 'g'lidir. Xoja R a s h id id d in n in g otasi xoja 
S h u jo ’ C hin g izx o n xuruji vaqtida M o 'g 'u lis to n g a ketib qolgan va xoja 
Rashididdin o 's h a yerda tug'ilgan. U n in g s a ’y-harakatlari bilan m o ‘g ‘ullar 
is l o m d i n i g a k i r g a n l a r . X o j a T o j i d d i n x o j a U b a y d u l l a d a v r i d a
M o v a r o u n n a h r g a kelgan va m a v lo n o Iro q iy T u s iy d a n t a ’lim olgan. 
M a v lo n o Iroqiy T usiy ja n o b xoja A h ro rn in g d o 's tlarid a n bo 'lg an i tufayli, 
xoja T ojiddin hazrat e s h o n n in g (xoja U baydulla A hror) qabul va suhbati 
sharafiga m u y assar bo 'lg an . U k o 'p vaqt unin g ostonasini o 'p ish sharafiga 
va xayr-ehsoniga muyassar bo'lgan. S h u n d an keyin K oshg'a r shaharlaridan 
T u rfo n hokim i uning kelishini yaxshilikka yo'y ib, o 'z i va bolalariga izzat- 
h u rm at ko'rsatgan. U iardan b a ’zilari hozirgi kungacha o 's h a m am lakatning 
ehsonlariga m usharrafdurlar.
1 X o ja H o fiz id d in B u x o riy — X oja M u h a m m a d P o rs o n in g h a q iq iy n o m i, 1419 -y ili v afo t 
e tg an .
82



Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə