A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə40/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Cho‘yanlarning xossalari. Qayta quyish cho‘yanlari asosan oq cho‘yanlar bo‘lib, ularning katta qismi po‘lat ishlab chiqarishga sarflanadi. Ularga texnik ishlov berib bolg‘alanuvchan cho‘yanlar ham olish mumkin. Quymakorlik cho‘yanlaridan har xil detallar quyishda foydalaniladi. Oq cho‘yanlardan tayyorlangan quymalar ishqalanishga chidamli bo‘ladi. Cho‘yanlar po‘latlardan tarkibidagi uglerod miqdoridan tashqari yaxshi quyilish hususiyatlari bilan ham ajratib turadi. Ularni oddiy sharoitda bosim ostida ishlab bo‘lmaydi, lekin po‘latdan arzon. Cho‘yanning tarkibida mis, uglerod, fosfor kabi aralashmalar va nikel, xrom, mis, molibden kabi legirlovchi elementlar ham bo‘ladi. Ular cho‘yandagi grafit miqdoriga, bu esa o‘z navbatida uning strukturasi va xossalariga ta’sir qiladi. Bundan tashqari cho‘yanning xossalari uni sovitish tezligiga ham bog‘liq. Cho‘yanning tarkibida uglerodning ko‘pligi uni erish harorati va kristallanish oralig‘ini kamaytiradi, ya’ni ularning quymakorlik xususiyatlarni yaxshilaydi. Cho‘yan va po‘latning asosiy mexanik xossalariga qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo‘rtlik kiradi. Qattiqlik deganda materialning unga ta’sir etayotgan kuch yoki jismga nisbatan qarshilik ko‘rsatish xususiyati tushuniladi. Elastiklik deb materialga ta’sir etayotgan kuch to‘xtagandan keyin materialning dastlabki holatiga qayta olish xususiyatiga aytiladi. Aksincha bo‘lsa, ya’ni materialga ta’sir etayotgan kuch to‘xtagandan keyin materialning dastlabki holatiga qaytmasligi plastiklik deb aytiladi. Mo‘rtlik deb materialning kuch ta’sirida ilkis sinib ketish holatiga aytiladi. Cho‘yanlar po‘latga nisbatan ancha mo‘rt bo‘iadi. Jismning qattiqligi oshgan sari uning mo‘rtlik darajasi ham oshib boradi.
Nazorat savollari:
1.Yo‘nalishlar bo‘yicha materialshunoslik mazmunini tushuntiring.
2.Materiallarning olinishi, xossasi, xususiyatini o‘qitish metodikasini izohlab bering.


6-Mavzu:O‘quv ustaxonasini tashkil yetish va jihozlash.
Reja:

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə