A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə42/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

3. O‘quvchining ish o‘rni.
O‘quv dasturi talablariga muvofiq zarur asbob-uskunalar, moslamalar bilan ta’minlanishi kerak. O‘quvchilar ish o‘rinlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Asbob – uskunalarni texnik jihatdan soz bo‘lishi, hayot xavfsizligini ta’minlaydigan vositalarni mavjudligi.
2. Ish o‘rni yaxshi yoritilgan bo‘lishi, ish paytda o‘quvchilar o‘zlarini erkin xis qilishi va unumli harakat qilishlari uchun sharoit yaratilishi, zarur paytlarda o‘tirib ishlashlari uchun qulaylik yaratilishi.
3. Asbob – uskunalarga joriy xizmat ko‘rsatish: ularni tozalash, sozlash, ta’mirlash va yig‘ishtirish uchun qulaylik yaratilishi lozim.
4. Ishni bajarishdan avval asboblar va xomashyolarni dastgoh ustiga ulardan foydalanishga qulay holda joylashtirish lozim. O‘ng qo‘l bilan ishlatiladigan asboblar – o‘ng tamonga, chap qo‘l bilan ishlatiladigan asboblar chap tamonga joylashtiriladi. Agar ish o‘rni to‘g‘ri tashkil etilsa vaqt tejaladi, mehnat unumdorligi va sifati ortadi. Dastgoh ustiga faqat mazkur darsga kerakli asboblar qo‘yiladi. Faqat ishga yaroqli asbob – uskunalar va moslamalar bilan ishlash talab qilinadi.
4. Asbob - uskunalar va moslamalar.
“Serviz xizmati” yo‘nalishi bo‘yicha gazlamalarga ishlov berish texnologiyasida qo‘lda bajariladigan ishlar uchun zarur bo‘ladigan asbob va moslamalar:

  • qo‘l ignalari;

  • qaychilar;

  • angishvonalar;

  • santimetrli lenta;

  • maniken;

  • pichokli halqa;

  • ruchka;

  • to‘g‘nag‘ich;

  • chizg‘ich;

  • iz tushirgich;

  • bo‘r.

Kiyim tikishda, asosan qo‘l choklari detallarini vaqtincha biriktirish uchun va butunlay qoldirish uchun tikiladi.
Metallarga ishlov berish ustaxonasida – har bir ish o‘rni chilangarlik dastgohi va kerakli asboblar va materialar bilan jihozlanishi kerak. Bular yirik va mayda tishli egovlar, chilangarlik bolg‘asi, kerner,chizg‘ich, masshtabli chizg‘ich, 90gradusli burchakli go‘niya, to‘qmoq va bolg‘alardan iborat. Bundan tashqari metallarni to‘g‘irlash uchun metall plitka ham bo‘lishi zarur. Himoya to‘ridan faqat metallarni kesish jarayonida foydalaniladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə