A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə30/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Safsar
Halkedon - u marmar dengizi qirg‘og‘idagi qadimgi Halkedon shahri nomidan olingan bo‘lib rangi oq, kul rang, havo rang, sariq, ko‘k, qizg‘ish qo‘ng‘ir bo‘ladi. Uning dog‘-dog‘ yoki yo‘l-yo‘l turlari ko‘p. U abraziv materiallar sifatida, soat toshlari tayyorlashda hamda zargarlik buyumlari tayyorlashda ishlatiladi. Halkedon chaqnoq toshning bir turi bo‘lib, qadimdan zeb-ziynatlar yasaladigan toshlar hisoblangan. Unga ishlov berish oson bo‘lib, asrlar mobaynida xizmat qilgan. Ustalar marjonlar, to‘g‘nag‘ichlar, uzuk, v,x.
Feruza-(forscha-tojikcha) mineral degan ma’noni bildiradi. U jilosiz mumga o‘xshash xira, zangori, havo rang yoki yashil havo rangda bo‘ladi, rangli toshlar sinfiga mansub ko‘kimtir tosh. Kimyoviy turg‘un emas, havo va kislotalar ta’sirida rangi o‘zgaradi, mo‘rt, shaffof emas. Zichligi 2,6 -2,8 g/sm3Feruza oltin va kumushdan yasalgan buyumlarga ko‘z sifatida qo‘yiladi. Feruza vaqt o‘tishi bilan o‘zining tabiiy rangini o‘zgartiradi. Nishopur (Eron)da, Ida, O‘rta Osiyo hamda Qozog‘istonda eng yirik feruza konlari bor. Feruza konlari Markaziy Qizilqum hamda Qurama tog‘larida ham bor. Dunyoda eng yaxshi feruza Nishopur feruzasi bo‘lib, u nihoyatda sifatlidir. Eramizning IX-asriga oid feruzadan yasalgan qumg‘on saqlangan.
Aqiq - ruscha agat, grekcha oniks so‘zidan olingan bo‘lib, tarjima qilinganda "tirnoq" deganidir. Bu mineral, zargarlikda, kandakorlikda, sanoatda va boshqa joylarda ishlatiladigan javohir turlaridan biri. U qadimgi Misr, Assiriya, Bobilda ham bezak materiali sifatida ma’lum bo‘lgan. Ba’zi bir afsonalarga ko‘ra qadimgi Gresiyada aqiqdan ibodatxonalar qurilgan, chunki! derazasiz, tuynuksiz ibodatxonaga kirgan kishi uning nurafshonligi hamda kengligidan hayratda qolgan. Aqiqdan masalan, O‘zbekistonning Samarqand shahridagi Go‘ri Amir maqbarasini ichki xonalari bezagi yasalgan. Aqiqlar O‘rta Osiyoning baland Tyan-Shan tog‘laridan yoki g‘orlaridan qazib olingan. Uning oq yaltiroq va quyuq qora rangda tovlanadiganlari bo‘ladi. Aqiqdan o‘ymakorlikda qutichalar, guldonlar, tagdon, shamdon, qalamdon va boshqalar yasaladi. Sanoatda yesa hovoncha, hovoncha dastasi, tarozi prizmalari, elektr va suv o‘lchov asboblarining tagligi va boshqalarda ishlatiladi.
Safsar - zargarlikda marjon, to‘g‘nag‘ich, ilma to‘qima va baldoqlar yasalashda ishlatiladigan qimmatbaho tosh. Uni Sharqda ham Yevropada ham yuqori baholashgan.
Yoqut - la’l, ruscha rubin. Zargariikda ishlatiladigan chaqnoq toshlar turiga kiradi. Yoqut ham olmos singari mustahkam, unga hech qanday kislota va ishqorlar ta’sir qilmaydi. Yoqut turlicha qirralanadi. Yoqut qimmatbaho zargarlik buyumlariga qo‘yiladi.
Sapfir - titan va temir oksididan iborat ko‘k rangli tosh. U och havorang, to‘q havorang va ko‘k rangda uchraydi. Sapfir ham olmos kabi qattiq, yaltiroq, kimyoviy turg‘unligi yuqori, turlicha qirralanuvchi tosh.
Zumrad - yashil rangli, qattiq, shishasimon, shaffof yaltiroq tosh. Zumrad qirralangan holda to‘rtburchak va kvadrat shaklda bo‘ladi. U pog‘anali qilib qirralanadi. Zumrad oltin qotishmadan tayyorlangan zargarlik buyumlariga qo‘yiladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə