A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar



Yüklə 22,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/87
tarix05.10.2023
ölçüsü22,19 Mb.
#125506
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
Ilk Qadam UZB final

 

maqsadli
– bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini 
o‘z ichiga oladigan bo‘lim; 
 

mazmunli
– bu dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to‘laqonli 
rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim;
 

tashkiliy
– bu dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va tarbiyaning metodik 
materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, 
rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim. 
Dastur MTTning pedagogik kengashida muhokama qilinadi va direktor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.


1-ILOVA. MTT ta’lim dasturini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 
39
TA’LIM DASTURINING
NAMUNAVIY TUZILMAVIY ELEMENTLARI:
1.
Titul varag‘i 

qachon va kim tomonidan tasdiqlangan, dastur kim bilan 
kelishilgan;

maktabgacha ta’lim tashkilotining to‘liq nomi va turi ko‘rsatilgan 
dasturning nomi;

mualliflarning F.I.SH, lavozimi;

aholi punkti nomi, ishlab chiqilgan yil, ishlab chiqilgan dastur turi;

MTT direktori tomonidan tasdiqlanadi
TAVSIYALAR
Ta’lim dasturining titul varag‘ida quyidagi ma'lumotlarni ko‘rsatish tavsiya etiladi:

 
varaqning yuqori o‘ng burchagida dastur qachon va kim tomonidan tasdiqlanganligi haqida 
ma'lumot ko‘rsatiladi (masalan, pedagogik kengash tomonidan ... sana, ... yildan);

 
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining muhri bilan tasdiqlanadi;

 
sarlavha sahifasining markaziy qismida, qoida tariqasida, maktabgacha ta’lim tashkilotining 
to‘liq nomi va uning turi ko‘rsatiladi (masalan, "Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani 
"Yulduzcha" umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturi”);

 
maktabgacha ta’lim tashkiloti nomi ostida dastur mualliflari (MTT direktori, metodist, psixolog, 
logoped-defektolog va pedagoglar), yoki ijodiy jamoa, shu jumladan, boshqa ta’lim tashkilotlari 
mutaxassislari (ilmiy rahbar, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mutaxassisi) ko‘rsatiladi.

 
titul varag‘ining pastki qismida maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan aholi punktining nomi 
va ta’lim dasturi ishlab chiqilgan sana ko‘rsatiladi;

 
titul varag‘ida boshqa ma'lumotlar ham bo‘lishi mumkin, masalan dastur hududiy maktabgacha 
ta’lim boshqaruv organlari tomonidan kelishilgan bo‘lishi mumkin, bu holda tafsilotlar dasturning 
yuqori chap qismiga joylashtiriladi.
Pedagogik kengash tomonidan 
Tasdiqlandi:
qabul qilindi:
MTT direktori №_____ «______________________»
Bayon №___ sana_______________ 
________________________________________________
F.I.SH

Yüklə 22,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə