A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar



Yüklə 22,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/87
tarix05.10.2023
ölçüsü22,19 Mb.
#125506
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87
Ilk Qadam UZB final

Fasilitatsiya
(yengillashtirmoq) – (ingliz tilidan „
facilitate
“ – „osonlashtirish“, „rag‘batlantirish“, 
„qulay shart-sharoitlarni yaratish“) bu ongli o‘quv jarayonlaridir, bolalarning qiziqishini oshirish 
uchun ularga ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan, ularning o‘ziga ishonchini orttirish, mustaqil va samarali 
faoliyatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan qulay 
muhit yaratish, rivojlanayotgan ta’lim usulidir;
Fasilitator
– bu an'anaviy ta’lim konsepsiyasi doirasida ishlamaydigan, aksincha, bolalarni o‘zlarini 
o‘rganish uchun yo‘naltiruvchi va yordam beradigan pedagogdir (masalan, g‘oyalarni tanlash, ular 
haqida o‘z fikrlarini shakllantirish, tadqiqot va suhbat orqali materialni o‘zlashtirish).
Xulq-atvor
– bu shaxsning biror kishi yoki narsaga (masalan, shaxsga, guruhga, tashkilotga, masa-
laga, hodisaga, belgiga) nisbatan umumiy psixologik munosabati. Xulq-atvor ko‘nikmalari odatda 
to‘rt komponentdan iborat: xatti-harakat ob'ekti haqidagi e'tiqod va fikrlar, ob'ektga nisbatan 
hissiyot yoki tuyg‘ular, ob'ektni baholash (ijobiy yoki salbiy) va ob'ektga nisbatan o‘zini qanday 
tutishga moyillik.



37
"ILK QADAM" DAVLAT
O‘QUV DASTURIGA
ILOVALAR 


1-ILOVA. MTT ta’lim dasturini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 
38
1-ILOVA
MTT ta’lim dasturini yaratish bo‘yicha 
tavsiyalar 
Ta’lim dasturi 
(quyida – Dastur) – MTT davlat o‘quv dasturiga asosan muayyan yosh guruhida tashkil 
etiladigan ta’lim va tarbiya jarayonini amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim hujjat bo‘lib, u davlat 
talablariga asosan kutilayotgan natijalarga erishishni ta’minlashi lozim.
Dastur – muhim vosita bo‘lib, uning yordamida pedagoglar davlat talablariga muvofiq muayyan yosh 
guruhidagi bolalar uchun ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishning eng maqbul va samarali shakl, 
metod hamda yo‘llarini belgilaydi. 
Dastur majburiy qism hamda ta’lim va tarbiya jarayoni ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladigan 
qismdan tashkil topadi. Har ikki qism ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan 
davlat talablarini amalga oshirish nuqtai nazaridan o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi hamda zaruriy 
hisoblanadi. 
Dasturning 
majburiy qismi
barcha beshta rivojlanish sohasi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush 
tarzini shakllantirish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijtimoiy-
hissiy rivojlanish hamda ijodiy rivojlanishni amalga oshirishga kompleks yondashuvni ko‘zda tutadi. 
Dastur bolalarning o‘ziga xos sharoitlari, ta’lim ehtiyojlari va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan 
holda, pedagog davlat talablari asosida ta'limning individual pedagogik modelini qanday yaratishini 
ko‘rsatishi kerak.
Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi: 

Yüklə 22,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə