A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar



Yüklə 22,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/87
tarix05.10.2023
ölçüsü22,19 Mb.
#125506
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87
Ilk Qadam UZB final

 

hammabop
tarbiyalanuvchilar, shu jumladan, alohida taʼlim olish ehtiyojiga ega boʻlgan
bolalar uchun ta’lim va tarbiya jarayonida foydalaniladigan barcha faoliyat turlarini 
ta'minlaydigan o‘yinchoqlar, qo‘llanmalar, resurslar bilan ta’minlanganligi;
 

xavfsiz
– barcha elementlarni ulardan foydalanishning ishonchliligi va xavfsizligini ta'minlash 
talablariga muvofiqligini nazarda tutadi;
 

oqilona
– davlat o‘quv dasturi va davlat talablariga muvofiq zamonaviy rivojlantiriuvchi muhitni 
yaratish, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotining turli ta’lim dasturlarini amalga 
oshirishni ta'minlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish; inklyuziv ta’lim tashkil etilgan 
taqdirda, zarur shart-sharoitlarni ta'minlash;
 

mahalliy sharoitga moslashtirilgan
– madaniy va tarixiy qadriyatlarga, milliy va mintaqaviy 
an'analar, tabiatga, iqlimga bog‘liq xususiyatlar, hududdagi sanoat rivojlanishining o‘ziga xos 
xususiyatlariga mos bo‘lishi;
 

shaxga yo‘naltirilgan
– pedagog har bir bolaning o‘z qiziqishiga ko‘ra shug‘ullanishini 
ta'minlashi kerak (bolalar guruh muhitida osongina harakat qilishadi, qayerda nima 
joylashganini biladilar, o‘yinchoqlar va barcha resurslardan erkin foydalana oladilar).
Rivojlantiruvchi muhitning mazmuni maktabgacha ta’lim tashkilotining sharoitlari va imkoniyatlaridan 
kelib chiqqan holda kamida 5ta rivojlanish markazlarini
16
tashkil etishni ta'minlashi kerak. 
16 “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturiga 9-ilova//“ Guruhlarda rivojlanish markazlarining taxminiy joylashuvi”


31
7-BOB 
DAVLAT O‘QUV DASTURI BO‘YICHA 
KUTILAYOTGAN TA’LIMIY 
NATIJALAR 


32
7-BOB. DAVLAT O‘QUV DASTURI BO‘YICHA KUTILAYOTGAN TA’LIMIY NATIJALAR
Davlat o‘quv dasturini o‘zlashtirishdan kutilayotgan ta’limiy natija maktabgacha ta’lim tashkilotini 
bitiruvchi bolaning tayanch kompetensiyalari (kommunikativ, ijtimoiy, shaxsiy, bilish)ning shakllangan-
ligi hisoblanadi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida pedagog kuzatishlar yordamida har bir bolaning rivojlanishini davlat 
talablarida qayd qilingan rivojlanish sohalari va kichik sohalar bo‘yicha barcha yosh guruhida bolaning 
mumkin bo‘lgan yutuqlarining ijtimoiy-me'yoriy yosh xususiyatlarini kuzatib boradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining individual xususiyatlari maktabgacha yoshdagi bolaning 
davlat talablariga to‘liq mos keladigan ta’lim yutuqlariga qo‘yiladigan talablarni cheklaydi va ta’lim 
dasturini o‘zlashtirishda 

Yüklə 22,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə