A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar



Yüklə 22,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/87
tarix05.10.2023
ölçüsü22,19 Mb.
#125506
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87
Ilk Qadam UZB final

1.2. MTTNING MAQSAD VA VAZIFALARI
MTTning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
 

bolaning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishiga qo‘yilagan davlat talablari asosida hamda MTT davlat o‘quv dasturiga muvofiq 
uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
 

maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish;
 

bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va mahalliy jamoatchilik o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni 
tashkil etish va amalga oshirish.
1.3. PEDAGOGNING ROLI
Davlat o‘quv dasturini amalga oshiruvchi pedagog bolaning shaxsiga hurmat ko‘rsatadi va ta’lim va 
tarbiya jarayonini dastur tamoyillariga muvofiq tashkil qiladi.
Pedagog fasilitator sifatida bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘z bilimi, ko‘nikma va resurslaridan 
foydalanadi. Pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtiradi, bolaning har tomonlama rivojlanishiga 


9
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
va uning salohiyatini ochishga hissa qo‘shadigan rivojlantiruvchi muhitni yaratadi. Buning uchun 
pedagog bolaning rivojlanish xususiyatlarini biladi, uning his-tuyg‘ularini tushunadi, har bir bolaning 
ehtiyojlari va qiziqishlarini aniqlaydi va hisobga oladi.
Pedagog guruhda shunday inklyuziv muhit yaratadiki, unda har bir bola o‘zini ardoqli, qobiliyatli va 
ta'lim jarayoniga jalb qilingandek his qilishi kerak.
Pedagog bolaning mustaqil harakat qilish, natijalarga erishish va yutuqlarni amalga oshirish hamda 
ulardan zavqlanish qobiliyatini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Pedagog, shuningdek, bolalarda zarurat 
bo‘lganida, har bir bola tarbiyachidan yordam va dalda olishi mumkinligiga ishonch hissining paydo 
bo‘lishiga yordam beradi.
Pedagog doimiy ravishda kasbiy kompetentligini takomillashtirish uchun o‘z kasbiy faoliyatini 
hujjatlashtiradi, tahlil qiladi va baholaydi.
Pedagog bolaning, ota-onalarning va mahalliy jamoatchilik vakillarining fikri va tajribasini hurmat qiladi 
va o‘z ishini teng sheriklik asosida quradi. 



11

Yüklə 22,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə