A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar



Yüklə 22,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/87
tarix05.10.2023
ölçüsü22,19 Mb.
#125506
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87
Ilk Qadam UZB final

2-ВОВ 
MTT TA’LIM VA TARBIYA 
JARAYONINING MAQSAD
VA TAMOYILLARI


12
2-BOB. MTT TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINING MAQSAD VA TAMOYILLARI
2.1. MTT TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINING MAQSADI
Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta’lim va tarbiya jarayonining maqsadi bolaning tayanch kompe-
tensiyalari va rivojlanish sohalarining kompetensiyalarini shakllantirish uchun shart-sharoitlarni 
yaratishdir.
2.2. MTTda TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH 
TAMOYILLARI
Tamoyillar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan kutilayotgan natijalarni
shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari tomonidan davlat o‘quv dasturini amalga 
oshirishda ta’minlanishi kerak bo‘lgan rivojlantiruvchi muhitning xususiyatlarini, maktabgacha yoshdagi 
bolalarga ta’lim berish va rivojlantirishdagi yondashuvlarni tavsiflaydi.
MTT ta’limva tarbiya jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat:
 

Bolalikni o‘ziga xos qadriyat ekanligini tan olish. 
Bolalik – bu muhim ahamiyatga molik 
yosh va hayotiy davr. Bolalikning o‘ziga xos xususiyati - bu bolalarning ta’lim olish tajribasi 
natijasida kattalardan ko‘ra ko‘proq o‘rganish va o‘zgarish qobiliyatiga ega ekanligidir. Bolalik 
– bu baxtli bolalik huquqi tan olinadigan, bola rivojlanishining muhim bosqichi.
 

Bolaning huquqi, individualligi va rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olish. 
Barcha 
bolalar katta imkoniyat egasi bo‘lib dunyoga keladi va har biri tug‘ma iste’dodga ega. Har 
bir bola o‘ziga xos individualdir. Barcha bolalar o‘z salomatligi va farovonligini himoya qilish, 
mustahkamlash, shuningdek, sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanish huquqiga ega.
 

Bolalar, shu jumladan, alohida ehtiyojli bolalar ta'lim jarayonining faol ishtirokchisi sifatida 
tan olinadi va faoliyat turini tanlash, rejalashtirishda ishtirok etish, bilimga bo‘lgan tabiiy 
qiziqishlarini qondirish orqali ularning ta’lim olishi va rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Yüklə 22,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə