A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar



Yüklə 22,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/87
tarix05.10.2023
ölçüsü22,19 Mb.
#125506
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87
Ilk Qadam UZB final

 

ijodiy rivojlanish.


18
3-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV
3.2.1. "
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi"
sohasi kompetensiyalari
"Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi“ 
sohasidagi ta’lim va tarbiya jarayoni 
yakunida 6-7 yoshli bola: 

o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy 
faollik ko‘rsatadi; 

turli xil faol harakat turlarini uyg‘un holda va maqsadli bajarishni biladi

turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi; 

o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi; 

shaxsiy gigiena malakalarini namoyon etadi

sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi; 

xavfsiz hayot faoliyati asoslari qoidalariga rioya qiladi.
3.2.2. 
"Ijtimoiy-hissiy rivojlanish"
 sohasi kompetensiyalari
"Ijtimoiy-hissiy rivojlanish“
sohasidagi ta’lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bola: 

o‘z ’Men“i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega 
bo‘ladi; 

o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi

o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi; 

kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi; 

murakkab vaziyatlardan chiqishning amaliy yo‘llarini topadi.
3.2.3. "
Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari"
sohasi kompetensiyalari 
"Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari“ 
sohasidagi ta’lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bola: 

ona tilini eshitadi va tushunadi; 

ona tilida to‘g‘ri talaffuz, mos grammatik shakllar va turli gap tuzilmalaridan foydalanadi

chet tilini o‘rganishga qiziqish bildiradi; 

chet tili bo‘yicha dastlabki bilimlarini namoyish etadi;

badiiy adabiyotga qiziqish bildiradi;

so‘zning lug‘aviy ma’nosi, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga tushunchaga ega 
bo‘ladi; 

gapning turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzadi va so‘zlab bera oladi;

ona tilida yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.


19
3-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV

Yüklə 22,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə