A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING RIVOJLANISHIDA



Yüklə 22,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/87
tarix05.10.2023
ölçüsü22,19 Mb.
#125506
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87
Ilk Qadam UZB final

4.1. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING RIVOJLANISHIDA 
O‘YINNING ROLI VA MAKTABGACHA TA’LIM 
TASHKILOTINING TA’LIM VA TARBIYA JARAYONIDA
UNING AHAMIYATI 
Davlat o‘quv dasturida bolaning o‘yin o‘ynash huquqi tan olinadi, o‘yinning bola uchun ahamiyati, uning 
pedagogik imkoniyatlari ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda inobatga olinadi.
O‘yin maktabgacha yoshda yetakchi faoliyatdir. O‘yin orqali ta’lim olish bolalarni ta’lim olishi va 
rivojlanishining yondashuvlaridan biridir. O‘yin – bu bolani o‘zini va atrofidagi dunyoni o‘rganishga 
undashning tabiiy usuli. O‘yin bolaning shaxsiyati, uning bilish, ijtimoiy-hissiy, ijodiy va jismoniy 
jihatlarini rivojlantiradi. O‘yinda bolalarning tengdoshlari va pedagogi bilan o‘zaro munosabati nutq va 
ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi, uning motorikasi takomillashib boradi. 
O‘yin boshqa bolalar bilan hamkorlikda ta’lim olish imkoniyatini yaratadi, ularga tavakkal qilish, xato 
qilish va qiyinchiliklarni yengish imkonini beradi. Va, eng muhimi, o‘yin ta’lim olishni quvonchli qiladi, 
bolalarning tasavvurini va ijodkorligini rivojlantiradi. O‘yin har xil bo‘lishi mumkin – bolaning yoki 
bolalar guruhining tashabbusi bilan to‘laligicha erkin, pedagogning minimal yoki to‘liq ishtirokisiz - 
pedagog tomonidan tashkil etilgan va uning ko‘rsatmalari yordamida amalga oshiriladi. Erkin o‘yinning 
ahamiyatini tushunish va e'tirof etish bilan birga, uyushgan o‘yinda pedagogning hal qiluvchi rolini ham 
tan olish kerak.
Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘yin o‘ynash imkoniyatini ta'minlashi kerak, rivojlantiruvchi muhit esa o‘yin 
o‘ynash imkoniyatiga hissa qo‘shishi kerak. O‘yin uchun sharoit yaratish, ya'ni bolalarni yetarli vaqt, joy, 
qo‘llab-quvvatlovchi resurslar va o‘yinchoqlar bilan ta'minlash juda muhimdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan pedagoglar bolalar o‘yiniga yordam berishlari 
muhimdir.

Yüklə 22,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə