A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar



Yüklə 22,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/87
tarix05.10.2023
ölçüsü22,19 Mb.
#125506
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   87
Ilk Qadam UZB final

Ijtimoiy kompetensiya 
– bu bolaning belgilangan tartib va odob-ahloq qoidalariga rioya qilgan holda 
tengdoshlari va kattalar bilan birgalikda ishlash qobiliyati. Bolalar boshqalarni hurmat qilishni va ularning 
aytganlarini hisobga olishni o‘rganadilar. Guruhlarda samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan xulq-atvor 
qoidalariga amal qiladilar. Muammoli vaziyatlarda ular yoshi va individual rivojlanish xususiyatlariga 
mos ravishda ularni hal qilish harakatlarini amalga oshiradilar. Ular tobora ko‘proq o‘zlarini guruhning 


17
3-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV
bir qismi sifatida ko‘radilar va o‘z huquq hamda majburiyatlari borligini tushunadilar. Ular individual 
farqlarga ochiq. Bolalar boshqalar bilan uyg‘unlikda yashashlari mumkin. Ular turli insonlar bilan 
muloqot qilishadi va atrofdagilarning madaniy jihatdan xilma-xilligini tan oladilar, ularga yordam 
beradilar va qo‘llab-quvvatlay oladilar.
Shaxsiy kompetensiya ("Men" konsepsiyasini yaratish). 
Shaxsiy kompetensiyani rivojlantirish 
orqali bola maktabgacha yoshda shakllanadigan va butun hayoti davomida takomillashib boradigan 
bir qator xususiyatlarni namoyish etadi. Bu kompetensiya bolaning o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish uchun 
mas'uliyatni o‘z zimmasiga olish qobiliyatini hamda kundalik hayotini boshqarish va barqaror sog‘lom 
turmush tarzini amalda qo‘llash mahoratini o‘z ichiga oladi. 
Bolalar hayotdagi o‘z o‘rnini biladilar, o‘zlarining, shuningdek, boshqalarning farovonligi haqida 
g‘amxo‘rlik qilishga o‘rganadilar. Bola mustaqil va u o‘ziga ishonadi. O‘zining kuchli va zaif tomonlarini 
biladi, ularni bartaraf etish ustida ishlay boshlaydi. U o‘zining boshqalardan farqli tomonlarini tushunadi. 
O‘z g‘oyalarini ilgari suradi va targ‘ib qila oladi; o‘zi uchun qaror qabul qilishni o‘rganadi. U qanday 
tanlashni biladi, o‘z oldiga maqsadlar qo‘yadi. O‘z harakatlari uchun tashabbus va mas’uliyatni namoyon 
qiladi. O‘zining yaxshi ko‘rgan narsasi, qiziqishlari, his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashadi. O‘sib borayotgan 
jismoniy, kognitiv, hissiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradi. O‘z ehtiyojlarini bildiradi va ularni qondirishni 
biladi, o‘zini boshqara oladi; sog‘lom turmush tarzi qoidalariga, madaniy-gigiyenik tartib qoidalarga 
rioya qiladi, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadi, o‘z salomatligi uchun mas’uliyatni namoyon qiladi.

Yüklə 22,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə