A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar



Yüklə 22,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/87
tarix05.10.2023
ölçüsü22,19 Mb.
#125506
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87
Ilk Qadam UZB final

3-BOB 
MAKTABGACHA YOSHDAGI 
BOLALARGA TA’LIM BERISHDA 
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV


16
3-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV
Maktabgacha ta’lim bolaning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
U ta’limning keyingi bosqichlarida, shuningdek, butun hayoti davomida rivojlanib boradi.
Davlat o‘quv dasturi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan. Bu maktabgacha ta’lim va tarbiya 
jarayonida bolalar faoliyatining turli-tuman turlarida shakllanadigan kompetensiyalarni rivojlantirishga 
qaratilgan.
Kompetensiya
bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.
Kompetentli bola
o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini muayyan vaziyatda safarbar qilishi va qo‘llashi, 
o‘z maqsadiga erishishi va rivojlanishning har bir bosqichida yoshiga mos keladigan vazifalarni hal 
qilishi mumkin. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv
bolalarning bilish 
bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlari, muammolar va imkoniyatlarga samarali javob berish qobiliyatini 
shakllantirish, axloqiy me'yorlar va qadriyatlarni rivojlantirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, 
shaxsiy ("Men" konsepsiyasi) ni shakllantirishni o‘z ichiga oladi.
3.1. MAKTABGACHA YOSHDAGI (6-7 YOSH) BOLANING 
 
TAYANCH KOMPETENSIYALARI
 

Kommunikativ
 

Ijtimoiy
 

Shaxsiy ("Men" konsepsiyasini qurish)
 

Bilish
Kommunikativ kompetensiya 
– atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabatlarning konstruktiv usullari 
va vositalariga ega bo‘lishni taqozo qiladi; muloqot qilish va yuzaga kelgan o‘yin, bilish, maishiy va ijodiy 
vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish qobiliyati. 
Bu kompetensiyaga nutqni rivojlanish ham kiradi. Nutq bolaning kognitiv va ijtimoiy rivojlanishi hamda 
dunyoni bilishi uchun zarur vositadir. Mazmunga boy va rag‘batlantiruvchi ta’lim muhitida bolalar 
og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradilar, bu ularga o‘zlariga ishonishga, boshqalar 
bilan munosabatlarni o‘rnatishga, dunyo haqidagi tushunchalarini shakllantirishga, mashg‘ulotlarda 
ishtirok etishga va loyiha ishlarini jamoa bo‘lib bajarishga yordam beradi. Bolalar kattalar va boshqa 
bolalar tomonidan tushunilishlari uchun o‘zlarini namoyon etishlari mumkin. Ular aytilganlarni tu-
shunish uchun tinglaydilar va kuzatadilar; savol va topshiriqlarni eshitadilar va shunga mos javob 
berishadi. Ular nutqni, ayniqsa o‘qish va yozishni o‘z ichiga olgan mashg‘ulotlarga ijobiy qarashadi. Ular 
nutqning turli shakl va funktsiyalarini biladilar, ulardan foydalanadilar va kerak bo‘lganda ularni turli xil 
muloqot holatlarida moslashtiradilar. 
Bu kompetensiya, shuningdek, axborot olish uchun turli xil aloqa vositalari va kanallardan mustaqil 
foydalanish qobiliyatini o‘z ichiga oladi; ta’lim olishi va rivojlanishida foydalanish uchun kerakli 
ma'lumotlarni qidirish, tahlil qilish va tanlash, ularni tartibga solish, o‘zgartirish, saqlash qobiliyatini 
mustahkamlaydi.

Yüklə 22,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə