A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar



Yüklə 22,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/87
tarix05.10.2023
ölçüsü22,19 Mb.
#125506
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87
Ilk Qadam UZB final

(INKLYUZIV TA’LIM)
Davlat o‘quv dasturi har bir bolaning ta’lim, tarbiya, rivojlanish, himoya va faol ishtirok etishdan teng 
foydalanish huquqlarini tan oladigan inklyuziv o‘quv dasturi hisoblanadi.
Davlat o‘quv dasturi barcha bolalar, shu jumladan, alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning 
individual xususiyatlari, kuchli tomonlari, qiziqishlari, qobiliyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda 
ta’lim olish, rivojlanish va muloqotda qo‘shimcha yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolani ta’lim olishi va rivoj-
lantirishni qo‘llab-quvvatlash – bu MTTning direktori, pedagog va mutaxassislari tomonidan tashkil 
etiladigan jamoaviy ish.
Zarur bo‘lganda, maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik jamoasi va rahbariyati tor mutaxassislarni 
jalb qilgan holda, bola rivojlanishining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, bolaning yakka 
tartibdagi rejasini
2
yaratadi.
Inklyuziv yo‘nalishdagi ta’lim va tarbiya jarayoni davlat o‘quv dasturiga muvofiq amalga oshiriladi
uning asosida individual-moslashtirilgan dasturlar ishlab chiqilishi mumkin. Bunday individual inklyuziv
dasturda alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning ta’lim olishi, rivojlanishi, ishtiroki va
2 Qo‘llanmadagi 1-ilovaga qarang // Maktabgacha ta'limda o‘quv jarayonini individuallashtirish. Alohida ehtiyojli bolalar 
inklyuziyasi//b. 55// Toshkent// 2020 yil


14
2-BOB. MTT TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINING MAQSAD VA TAMOYILLARI
farovonligi uchun barcha mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etadigan o‘quv muhiti va o‘qitish usullarini 
moslashtirish zarur
3

2.5. OTA-ONALAR VA MAHALLIY HAMJAMIYAT BILAN 
HAMKORLIK
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ota-onalar bilan hamkorligi maktabgacha ta’lim sifatining muhim 
tarkibiy qismlaridan biridir. Mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik bolalarning ta’lim olishi, farovonligi 
va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. MTT ota-onalar
4
va mahalliy hamjamiyat
5
bilan o‘zaro 
munosabatlarning turli shakllarini amalga oshirishi mumkin: 

Yüklə 22,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə