Mundarij a kirish I. Bob. Mttning turli yosh guruhlarida matematik mashgʼulotlarini o‘tkazish metodikasi



Yüklə 41,41 Kb.
səhifə1/6
tarix19.10.2023
ölçüsü41,41 Kb.
#128236
  1   2   3   4   5   6
Iroda MTT ning turli yosh guruhlarida matematik mashgʼulotlarini


M U N D A R I J A


KIRISH…………………………………………………………………………..3


I.BOB.MTTNING TURLI YOSH GURUHLARIDA MATEMATIK MASHGʼULOTLARINI O‘TKAZISH METODIKASI…………………………………


1.1 Mashg’ulotlarda didaktik o’yinlar va ko’rgazmali materiallardan keng foydalaniladi………………………………………………....................................
1.2 Matematik tasavvurlarni shakllantirishda tarbiyachining kasbiy kompitentligi..............................................................................................................


II.BOB.MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKILLANTIRISH MASHG’ULOTLARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR.................................


2.1 Matematik tasavvurlarni shakllantirishda rivojlantiruvchi ta'limiy o'yinlarni oilada tashkil etish......................................................................................................................................


2.2. Bolalarda elеmеntar matеmatik tasavvurlarini shakllantirish usullari…..
Xulosa……………………………………………………………………………...


Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati………………………………………………


KIRISH.


Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab, yangi hayot, yangi jamiyat qurishga kirishdi. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin – demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevori barpo etildi. Siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda ulkan o’zgarishlar amalga oshirildi. Davlatimiz dunyodagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan mustahkam o’rin egallay boshladi.
XXI asrning dastlabki yilidanoq ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot barpo etish – O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi bosh g’oyasiga aylandi. Asosiy maqsad yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qilish, jamiyat a’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O’zbekistonnning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etish, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida mustaqillik g’oyalariga sadoqat va o’zaro hurmat tuyg’usini qaror toptirish bo’lib qoldi. Albatta, milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi va uning maqsadlarini o’quvchi – yoshlar ongiga singdirishda ta’lim – tarbiya bilan bir qatorda oilaning ahamiyati beqiyosdir. Chunki, oila mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biri hisoblanadi. Oila – jamiyat negizi bo’lib, ko’p asrlik mustahkam ma’naviy manbalarga ega.
Keyingi yillarda olimlarimz xalqimizning milliy an’analari va qadriyatlarini о‘rganishga katta e’tibor bilan qaramoqdalar. Zero, о‘quvchilarning ma’naviy-ahloqiy tomondan yetuk shaxs etib tarbiyalash hozirgi kundagi dolzarb masalalaridan biridir. Shuning uchun ham ta’lim va tarbiya tizimiga, umuman oliy ta’limi о‘quv muassasalari talabalarining о‘quv – tarbiya jarayoniga va darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish va о‘tkazishga xalqimizning mavjud milliy qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari, xalq ijodi namunalari asosida tarbiyalash va ta’lim berish pedagogik muammo bо‘lib kirib keldi. Bu muammoni hal etish, ya’ni talabalar ma’naviyatini shakllantirishda milliy merosdan foydalanish bо‘yicha M.Inomova, O.Musurmonova, U.Mahkamov, S.Nishonova, N.Ortiqov, M.Qurbonovalarning pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyalarida tо‘xtalib о‘tishgan bо‘lsa, ma’naviy ma’rifiy qadriyatlar asosida kasbiy madaniyatini, ma’naviy madaniyatini shakllantirishga oid muammolarni hal etishga G.N.Volkov, A.SH.Gashimov, S.X.Temurova, Z.K.Ismoilova, A.Mamajanov, O.Musurmonova, S.N.Nurmatov, A.F.Xantibidze, R.K.Choriyev, A.Z.Izmaylov, B.H.О‘rozov, Z.F.Mirtursunov, I.Raximov, G.H.Ibragimova va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlari bag‘ishlangan.
Yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishning ayrim masalalarini O.Tohirov, yoshlarni milliy meros ruhida tarbiyalash masalalarining ijtimoiy – falsafiy jihatlarini X.Shayxov, E.Yunusova, F.Atamuradova, H.Ahmedova, F.Yо‘ldoshev, Z.Qodirovalar tadqiq etganlar.
Ushbu masalaga о‘tmish mutafakkirlari ham katta e’tibor berganlar. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar, Abdulla Avloniy, Fitrat, Mahmudxо‘ja Behbudiy, kabi ma’rifatparvarlarning asarlarida insonparvarlik masalalari alohida ta’kidlanadi. Bu yо‘nalishda falsafa, pedagogika, psixologiya, adabiyot, tarix, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari kabi ijtimoiy fanlar sohasidagi olimlar bir qancha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarganlar. I.Muminov, T.Mahmudov, J.Tulenov, S.Shermuhamedov, E.Yusupov, Z.G‘afurov, X.Shayxova, M.Xolmetova, F.Ismoilov, M.Imomnazarov kabi faylasuf olimlar inson ma’naviyatini shakllantirish va tarbiyalash muamolarini ilmiy nazariy jihatdan ishlab chiqqanlar.
Pedagogika nazariyasini takomillashtirishga hissa qо‘shgan olimlardan M.Ochilov, M.Qurbonov, U.Mahkamov, G.Anartayevalarning ilmiy tadqiqot ishlarida uzluksiz ta’lim tizimida, oilada, shaxsni insonparvarlik ruhida tarbiyalashning u yoki bu muammolari yoritilgan.

Yüklə 41,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə