A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar



Yüklə 22,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/87
tarix05.10.2023
ölçüsü22,19 Mb.
#125506
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87
Ilk Qadam UZB final

 
tarbiyalanuvchilarga individual yordam ko‘rsatish uchun mutaxassislarni muvofiqlashtirish va 
ularning o‘zaro hamkorligi.

 
bolalar bilan sog‘lomlashtirish ishlari tizimi, ko‘ngilochar tadbirlar dasturi, maktabgacha ta’lim 
tashkiloti muayyan ixtisoslikka ega bo‘lsa, tashxis va sog‘lomlashtirish guruhlari bo‘yicha farqlanishi;

 
guruhning ta’lim faoliyatida (o‘qitishda, sog‘lomlashtirishda, tuzatish va rivojlantirish ishlarida, 
ta’lim natijalarini diagnostika qilishda) maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislarini muvofiq-
lashtirish va o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;


1-ILOVA. MTT ta’lim dasturini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 
43
Shuni ta'kidlash kerakki, ta’lim ishlarini individuallashtirishni ta'minlaydigan ixtisoslashtirilgan, ko‘p 
tarmoqli maktabgacha ta’lim taskilotlarida (bu o‘z faoliyat profiliga ega bo‘lgan maktabgacha ta’lim 
tashkilotlariga xos) tarbiyalanuvchilar uchun individual ta’lim yo‘nalishlari (ta’lim, sog‘lomlashtirish, 
korreksion-rivojlantiruvchi), yoki bolalar bilan individual ishlash vositalari (individual mashg‘ulotlar, 
kuzatuv xaritalari, individual tashrif tartibi, maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislari tomonidan 
ota-onalarning individual maslahatlari va boshqalar) ham taqdim etilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar bilan individual ish, asosan, bolalarning dasturiy bilimlarini 
rivojlantirish diagnostikasi natijalari asosida quriladi va kalendar rejalashtirishda o‘z aksini topadi. 
5.
Tashkiliy bo‘lim
Mazkur bo‘limda kun tartibi, o‘quv yili tuzilmasi, ta’lim va tarbiya 
jarayoni jadvali (me’yoriy hujjatlarga muvofiq), yoshni hisobga olgan 
holda rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilarning yoshi 
va individual xususiyatlari, ularning ta’lim ehtiyojlari va qiziqishlarini 
hisobga olgan ravishda dasturni amalga oshirishning turli shakllari
metod va vositalarining qisqacha ta’rifi beriladi. Shuningdek, turli 
xildagi faoliyatning o‘ziga xos psixologo-pedagogik xususiyatlari, 
tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan o‘zaro hamkorlik turlari ifodalanishi 
mumkin.

Yüklə 22,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə