A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti chet tillar fakulteti ingliz tili nazariyasi va o


V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)



Yüklə 101,5 Kb.
səhifə6/8
tarix25.08.2023
ölçüsü101,5 Kb.
#120915
1   2   3   4   5   6   7   8
Ishchi dastur 2

4.

V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
- ingliz va amerika adabiyoti rivojlanish bosqichlarini;
- turli adabiy oqimlar tarixini;
- Buyuk Britaniya va AQSh adabiyoti yetakchi namoyandalari ijodi to‘g‘risida
tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
- badiiy adabiyotning ijtimoiy borliq bilan aloqasidagi muammolar yechimini topishni;
- ixtisosligi bo‘yicha aniq, ravon, mukammal ma’lumotlar, tavsiflar qila
olishni;
- zamonaviy badiiy proza, poeziya, dramaturgiya asarlarini tushunib, gapirib bera olish;
- Buyuk Britaniya va AQSh adabiyoti tarixi to‘g‘risida keng bilimni hayotga tatbiq qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- turli adabiy oqimlarni farqlay olish;
- ingliz va amerika adabiyoti yetakchi namoyondalari asarlarini tahlil qila olish;
- mualliflari alohida nuqtai nazarni ifodalay oladigan zamonaviy muammoga
oid asarlarni ajrata olish;
- adabiy-badiiy asarlarni o‘rganishda nazariy bilimlarni qo‘llash;
- adabiy ijodga kasbiy nuqtai nazardan munosabatda bo‘lish;
- ingliz va amerika adabiyotidagi jarayonlarni o‘zaro bog‘liqlik nuqtai
nazaridan tahlil qilish;
- o‘z bilimlarini hozirgi zamon jahon adabiyotidagi oqimlarning tili
o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti jarayoniga ta’sirini o‘rganishda qo‘llash;
- turli adabiy maktablarning janr va uslublarini farqlash malakalariga ega
bo‘lishi kerak.

5.

VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
Fanni o‘zlashtirish uchun o‘qitishning zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalaridan keng foydalaniladi: guruhli muzokaralar, jamoa loyihalari, juftliklar bo‘lib topshiriqlarni bajarish, yakka holda ma’lum mavzu bo‘yicha prezentatsiyalar qilish, davra suhbatlari o‘tkazish, diskussiya, klaster, bahs –munozara, refleksiv usullar (tahlil, qiyoslash, sintez, baholash). Axborot texnologiyalari, jumladan, multimedia vositalari yordamida mashg‘ulotlar tashkil etiladi, Power Point, Prezi dasturlari yordamida prezentatsiyalar yaratiladi.
MOODLE platformasiga fan bo‘yicha dasrlik va o‘quv qo‘llanmalar, media resurslar va testlar joylashtiriladi.


Yüklə 101,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə