A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti chet tillar fakulteti ingliz tili nazariyasi va o


III. Seminar mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar



Yüklə 101,5 Kb.
səhifə3/8
tarix25.08.2023
ölçüsü101,5 Kb.
#120915
1   2   3   4   5   6   7   8
Ishchi dastur 2

III. Seminar mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Buyuk Britaniya adabiyoti
1. Ilk o‘rta asrlar adabiyoti
2. O‘rta asrlar davri ingliz adabiyotining shakllanishi
3. Uyg‘onish davri adabiyoti
4. U.Shekspirning lirikasi va komediyalari.
5. U.Shekspirning tarixiy xronikalari, drama va tragediyalari
6. XVII - XVIII asr ma’rifatchilik davri adabiyoti
7. XIX asr ingliz romantizm adabiyoti
8. XIX asr ingliz adabiyotida realizm ijodiy metodi
9. XIX asr ingliz adabiyotining ayol yozuvchilari
10. XIX asrning oxiri ingliz adabiyoti
11. XX asr birinchi yarmi ingliz adabiyoti
12. Ingliz fantastikasining taraqqiyoti
13. XX asr ikki jahon urushi orasida ingliz adabiyoti
14. XX asr ingliz dramasi
15. XX asrning ikkinchi yarmi ingliz adabiyoti.
16. Zamonaviy ingliz adabiyoti.
17. Ingliz adabiyotida Nobel mukofoti sovrindorlari.
AQSh adabiyoti
18. Amerika ma’rifatchilik adabiyoti
19. Amerika romanchiligida sarguzashtnoma janri
20. Amerika adabiyotida abolitsionizm va transsendentalizm
21. XX asr amerika adabiyotida realizm
22. “Yo‘qotilgan avlod adabiyoti”
23. XX asr adabiyoti
24. XX asr birinchi yarmi amerika adabiyoti
25. Afro-amerikalik yozuvchilar
26. Detektiv va fantastik janr taraqqiyoti
27. XX asr Amerika dramaturgiyasi
28. XX asrning oxiri Amerika adabiyoti.
29. XXI asr boshlari Amerika adabiyoti
30. Amerika adabiyotida Nobel mukofoti sovrindorlari
Seminar mashg‘ulotlari multimedia vositalari bilan jihozlangan auditoriyada o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Fan bo‘yicha kurs ishi
Kurs ishi fan mavzulariga taalluqli masalalar yuzasidan talabalarga yakka tartibda tegishli topshiriq shaklida beriladi. Kurs ishining hajmi,
rasmiylashtirish shakli, baholash mezonlari ishchi fan dasturida va tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. Kurs ishini bajarish talabalarda fanga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishi kerak.
Kurs ishining maqsadi – talabalarning mustaqil ishlash qobiliyatini
rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikma va
malakalarni hosil qilish. Ularda ilmiy ijodkorlik ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, mavzudan kelib chiqib davrlashtirish, erkin fikrlashga, darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan ijodiy foydalanishga, badiiy asarlarni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilishga o‘rgatish.

Yüklə 101,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə