A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti matematika va informatika fakulteti



Yüklə 483,12 Kb.
səhifə13/14
tarix10.04.2023
ölçüsü483,12 Kb.
#104980
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Nodir diplom ishi

5-ta’rif. funktsional elementlar berilgan bo’lsin. Agar elementning chiqishi elementning kirishiga, ning chiqishi elementning kirishiga va hokazo, chiqishi ning kirishiga va ning chiqishi ning kirishiga ulangan bo’lsa, u holda bunday qurilmaga tsikl va qurilmada teskari bog’lanish bor deb aytamiz.
Teorema. funktsional elementlardan yasalgan qurilma:
1) elementlardan faqatgina bittasining chiqishi ozod bo’lsa;
2) har bir elementning kirishi faqatgina elementlarning bittasining chiqishi bilan ulangan bo’lsa;
3) qurilmada tsikl (teskari bog’lanish) mavjud bo’lmasa, shunda va faqat shundagina sxema bo’ladi.
Teoremani isbot qilishni o’quvchilarga havola etamiz.



2.2 Ko’ptaktli sxemalar
Takt. Ushlab turish vaqti. Ushlab turish elementi. Kœptaktli sxema. Bir taktli funktsional elementlar sistemasining tœliqligi. Teorema.

Ushbu bobning birinchi paragrafida ko’rilgan funktsional elementlar va ulardan yasalgan sxemalar oniy ravishda ishlaydi deb faraz qilgan edik, ya’ni ularning kirishlariga signallar majmuasi berilgan zahotiyoq (ularning) chiqishlarida natijaviy signal paydo bo’ladi. Demak, kirishlarga berilgan signallar majmuasini ishlab chiqish uchun hech qanday vaqt sarflanmaydi.


Ammo, amalda funktsional element kirishlariga berilgan signallar majmuasiga mos keladigan uning chiqishidagi natijaviy signalni olish uchun biroz vaqt sarf bo’ladi. Bunday holatda sxemaning kirishlariga berilgan signallar majmuasi uning ichki funktsional elementlarining kirishlariga har xil vaqtda yetib keladi, chunki, birinchidan, elementlarning kirishlariga yetib kelgan signallar bir qancha elementlardan o’tib keladi, ikkinchidan, har bir element kirishlariga yetib kelgan signallarni har xil vaqtlarda ishlab chiqadi. Biroq sxema kirishlariga berilgan signallar majmuasini yetarlicha uzoq vaqt berib turish mumkinki, toki sxema ichki elementlarining hamma kirishlariga signallar yetib kelsin. Natijada, sxemaning chiqishida ma’lum vaqtdan keyin uning kirishlariga berilgan signallar majmuasiga mos keladigan signal paydo bo’ladi. SHundan keyin kirishlarga berilgan signallar naborini to’xtatish mumkin va bu sxemani u realizatsiya etadigan funktsiya qiymatini argumentlar qiymatining boshqa majmuasida hisoblash uchun ishlatish mumkin.
Funktsional elementning bu ikkinchi xil ishlashi quyidagi kamchiliklarga ega bo’ladi:
1) kirishga signallar majmuasini ma’lum vaqt davomida berib turish;
2) ma’lum vaqt davomida sxema chiqishida paydo bo’ladigan signal uning kirishlariga berilgan signallar majmuasiga mos kelmasligi.
Yangi sharoitda qanday qurilmani biz funktsional element deb bilamiz degan savolga javob beraylik.
1-ta’rif. Element (1-shakl) uchun aniq bo’lgan  vaqtdan keyin uning chiqishida kirishlariga berilgan signallar majmuasiga mos keladigan signal (realizatsiya etiladigan funktsiyaning berilgan signallar naboridagi qiymati) paydo bo’lsa, bunday qurilma funktsional element deb ataladi.
Agar kelgusi momentda element kirishlariga yangi signallar majmuasi berilsa, u vaqtda vaqtdan keyin uning chiqishida berilgan signallar majmuasiga mos keladigan signal paydo bo’ladi, ya’ni kirishlarga ketma-ket beriladigan signallar majmuasi bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda ishlab chiqiladi.
Vaqt diskret ravishda o’zgaradi deb faraz qilamiz (t=1,2,3,...k) va vaqt birligini bir takt deb aytamiz.
2-ta’rif.  vaqtga (element kirishiga berilgan signallar majmuasiga mos keladigan signal uning chiqishida paydo bo’lishigacha sarf etilgan vaqtga) funktsional elementning ushlab turish vaqti deb aytiladi.
Bundan keyin sxemani berilgan ta’rifga mos keladigan yangi ma’nodagi funktsional element sifatida qaraymiz.
Bunday sxemalarni yasash jarayonida ushlab turish elementlari katta rolь o’ynaydi.

Yüklə 483,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə