A qodiriy nomidagi

Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiya ta’limi konsepsiyasini  qayta ishlab chiqish;  2

Yüklə 436,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/37
tarix31.12.2021
ölçüsü436,67 Kb.
#81458
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
nuklein kislotalar mavzusini oqitilishini yapt lari(1)

.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiya ta’limi konsepsiyasini 

qayta ishlab chiqish; 

2

.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiya ta’limi konsepsiyasidan 

kelib chiqqan holda biologiyadan davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish; 

3.Biologiya ta’limi konsepsiyasi va standartiga muvofiq biologiya dasturi 

va boshqa o’quv uslubiy majmualarni ishlab chiqish taqozo qilinadi. 

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiya ta’limining asosiy vazifalari: 

-o’quvchilarni asosiy biologik tushunchalar, yetakchi g’oyalar, ilmiy 

dalillar, qonunlar, ilmiy bilish usullari, organik olamning manzarasini 

shakllantirishga oid bilimlar bilan tanishtirish; 

-tirik tabiat va uning taraqqiyoti jarayonida vujudga keladigan 

moslanishlarning mexanizmlari haqida ma’lumot berish; 

-o’quvchilarni organizmlarning hayoti, ularning individual va tarixiy 

rivojlanishining asosiy qonunlari, molekula, hujayra, organizm, populyatsiya; 

-tur darajadagi biologik hodisa va jarayonlar haqidagi bilimlar bilan 

qurollantirish, ularning biologiyani o’rganishga bo’lgan qiziqish va ijodiy 

qobiliyatlarini o’stirish hamda kelgusidagi uzluksiz ta’lim tizimini davom 

ettirishlari uchun zamin tayyorlash

13 

-o’quvchilarni o’zlarining va o’zgalarning salomatligini saqlashga, 

sog’lom turmush tarzini tarkib toptirishga yo’naltirish; 

-biologiya ta’limi mazmuni hozirgi ijtimoiy hayot va fan – texnika 

taraqqiyoti bilan mustahkam bog’lanishni ta’minlash asosida o’quvchilarni ongli 

ravishda kasb tanlashga yo’naltirish; 

-tabiatga, uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo’lish 

fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish; 

-biologiya ta’limi mazmunini o’lkaga oid materiallar bilan boyitish, 

biologiya bilimlar zaminida mahalliy o’simlik va hayvon turlari, seleksiya 

yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalarimiz va hozirgi 

olimlarimizning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o’quvchilarni 

vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat. 

Yuqorida keltirilgan vazifalarni nazorat qilish Davlat ta’lim standartlari 

orqali amalga oshiriladi. Umumiy ta’lim maktablarining biologiya ta’limi standarti 

biologiya o’quv fanidan o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular 

egallaydigan malaka ko’nikmalari hajmini ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, u umumiy 

ta’lim maktablarida biologiya ta’limi mazmunining negizini belgilovchi 

ko’rsatgichlar hamda o’quvchilarning biologiyadan tayyorgarlik darajasiga 

qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi. 

“Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatgichlar” umumiy o’rta ta’lim 

maktablarda biologiyadan beriladigan  bilimlarning minimal darajasini, ya’ni 

ta’lim mazmuni negizini ifodalaydi. Keltirilgan ko’rsatgichlar umumiy o’rta ta’lim 

maktablari uchun biologiya predmeti dasturi va darslikni yaratishda hamda ta’lim-

tarbiya ishlarini tashkil etishda mo’ljal vazifasini bajaradi. 

Biologiya ta’limi standartidagi “o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga 

qo’yiladigan minimal talablar” o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart bo’lgan 

ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy 

ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash va 

uning sifatini aniqlashga  imkon beradi. Belgilangan ko’rsatgich va talablar 

biologiya ta’limining asosiy sifatlarini baholashda o’lchov bo’lib hisoblanadi. 

14 

Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun biologiya ta’limi standartlarida 

keltirilgan ko’rsatgich va talablar maktab biologiya ta’limi mazmunini to’liq 

qamrab oladi va o’zaro bog’lanuvchi uch yo’nalishga bo’linadi: 

Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə