A qodiriy nomidagi


Dezoksiribonuklein kislotasining struktura va vazifasi (DNK)



Yüklə 436,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/37
tarix31.12.2021
ölçüsü436,67 Kb.
#81458
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
nuklein kislotalar mavzusini oqitilishini yapt lari(1)

 Dezoksiribonuklein kislotasining struktura va vazifasi (DNK) 

 

Oqsillarga o`xshash DNK ham birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi 



strukturaga ega. 

DNK ning birlamchi strukturasi 

 

Dezoksiribonuklein kislota barcha tirik organizmlarda va ayrim viruslarda 



mavjud.  U genetik (irsiy) axborotlarni o`zida saqlab, uni avloddan-avlodga 

uzatishda bevosita ishtirok etadi. DNK molekulasining birlamchi strukturasida 

irsiy belgilar rejalashtirilgan, ular birin-ketin joylashgan dezoksiribonukleotidlar 

qatoridan iborat. DNK tarkibida to`rt xil dezoksiribonukleotid bo`lib, oqsildagi 

aminokislotalar sonidan kam bo`lsa ham ularning ketma-ket qator soni oqsildan 

uzun bo`ladi. 

 

DNK nukleotid qatorini ya'ni, birlamchi strukturasini aniqlash (sekvenirlash) 



oxirgi yillarda juda yaxshi yo`lga qo`yilib, faqat alohida genlar emas, balki butun 

xromosoma genlaridagi nukleotid qatori aniqlangan. Jumladan, odam genomi ham 




29 

 

sekvenirlanib, boshqa jonzotlar genomi qatorida kompyuterga joylashtirilib, bank 



axboroti sifatida saqlanadi. 

 

Bakteriofaglar DNK sining nukleotid qatori unikal, ya'ni bir marta uchrab, 



boshqa qaytarilmaydi. Ayrim organizmlarda DNKdagi nukleotidlarning ketma-

ketligi unikal bo`lsa ham, ayrim qismlarida qaytariladigan nukleotid qatori bir 

necha marta uchraydi (t-RNK va i-RNKlarning kodlovchi qismlari) jumladan, 

bateriyalarda. Eukariot genomlarda DNKning 60%ni strukturali, ya'ni oqsil 

sintezini belgilovchi qismlar tashkil qiladi. Hayvon DNKsining 10-25%ini tashkil 

qiluvchi bo`limlar qaytariladigan nukleotid qatoridan iborat bo`lib, ular ribosom, t-

RNK, gistonlar, immunoglobulinlarning genlaridan iborat. Ular DNK 

molekulasida bir gen ikkinchisi bilan ketma-ket joylashib, ularni qaytariluvchi 

tandemlar deyiladi. Ya'ni bir gen ikkinchi gendan speyser (inglizcha spaser-oraliq) 

orqali ajraladilar. Qaytariladigan nukleotid qatorlari, ularni satelit (kichik-sayyor) 

qismlaridir, bular xromosomaning sentromer qismida joylashib, uning bo`linishida 

va o`zaro bog`lanishida ishtirok etadi. 

 

Tabiiy manbalardan ajratib olingan DNKlarning nukleotid tartibini o`rganish 



natijasida AQSh olimi Chargaff va rus akademigi A.N.Belozerskiylar qator 

miqdoriy qonuniyatlarni aniqladilar. Bu qonuniyatlar quyidagicha ifodalanadi: 



1.

  DNK molekulasidagi purin asoslari, adenin va guanin molyar 

konsentratsiyasini yig`indisi pirimidin asoslari-sitozin va timinning molyar 

konsentratsiyasi yig`indisiga teng: 

Pur=Pir  yoki

     


 

2.

 Adeninning molyar konsentratsiyasi timinnikiga, guaninniki esa sitozinga 

teng:   

A=T,   G=S   ёки 

1

=

T



A

1



=

S

G

 

 



3.

  DNK zanjiridagi 6-aminoguruhli asoslar miqdori 6-ketoguruhli asoslar 

miqdoriga teng, ya'ni adenin va sitozin molyar konsentratsiyalarining yig`indisi 

guanin va timin molyar konsentratsiyalari yig`indisiga teng: 




30 

 

А+S=G+Т   ёки   



1

=

+



+

T

G

S

A

 

 



4.

 Guanin bilan sitozin molyar konsentratsiyalari yig`indisining adenin bilan 

timinning (DNK molekulasida yoki uratsil RNK da) molyar konsentratsiyalari 

yig`indisining nisbati turli manbalardagi nuklein kislotalarda turlicha bo`ladi. Bu 

spetsifiklik koeffitsienti deb ataladi va 

)

(



U

Т

А

S

G

+

+



   

shaklida ifodalanadi. 

 

gar, 


Т

А

S

G

+

+



  ning qiymati birdan kam bo`lsa, bunday DNK AT tipga, agar 

uning qiymati birdan katta bo`lsa, GS tipga kiritiladi. 

Yuksak o`simliklar va hayvonlar DNKsi AT tipga mansub, zamburug`lar, 

suvo`tlar va bakteriyalarning DNKsi ko`pincha GS  tipga mansub. Bu 

ko`rsatkichlarni o`simlik, hayvon va mikroorganizmlarni taksonomik qatorini 

aniqlashda foydalanish mumkin. 




Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə