A qodiriy nomidagi



Yüklə 436,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/37
tarix31.12.2021
ölçüsü436,67 Kb.
#81458
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
nuklein kislotalar mavzusini oqitilishini yapt lari(1)

II. NUKLEIN KISLOTALAR 

 

Nuklein kislotalar yuqori molekulali biopolimerlar bo`lib, molekulyar 



massasi 250 dan 1,2.10

kDa atrofida bo`ladi. Ular tirik organizmda irsiy belgilarni 



saqlab, ularni avloddan-avlodga o`tkazishda bevosita ishtirok etib, kibernetik 

vazifani bajaradilar. 1869-  yilda shvetsariyalik olim F.Misher tomonidan hujayra 

yadrosida nuklein kislotalar aniqlanganligi uchun nukleus (lotincha nucleys-yadro) 

deb atalgan. Tarkibidagi uglevodga qarab ular dezoksiribonuklein (DNK) va 

ribonuklein (RNK) kislotalariga bo`linadi. 

 

Nuklein kislotalar organizmlarda hujayralarning deyarli hamma organoidlar 



tarkibida uchraydi. Yadroda DNK oqsil bilan birgalikda dezoksinukleoprotoeid 

(DNP) shaklida  (umumiy massaning ~1% ni tashkil qiladi). Ularning 

mitoxondriyalarda, xloroplastlarda ham borligi aniqlangan. Yadroviy DNKda 

organizmning tur spetsifikligini belgilovchi genlarning asosini tashkil qilib, 

hujayra suyuqligida esa irsiy belgilarni ko`chiruvchi RNKlarni uchratish mumkin. 

Biologiya tarixida nuklein kislotalarning tadqiq qilinishi mazkur fanni tavsifiy 

sohadan eksperimental yo`nalishga aylantirishida benihoya katta xizmat qildi. 

Nuklein kislotalarni tuzilishi va vazifalarini aniqlashda katta xizmat qilgan Nobel 

mukofotiga sazovor bo`lgan olimlardan D.J.Uotson, F.Krik va M.Uilkins, hujayra 

tashqarisida DNK sintezini aniqlagan A.Kornberg, S.Ochao va genetik kodni 

ochgan M.Nirenberg, R.Xoli va X.Koranalarni ko`rsatish mumkin. Informatsiya 

RNKni va oqsil sintezini ribosomada aniqlashda xizmat qilgan rus olimlaridan 

akademiklar A.N.Belozerskiy va A.S.Spirinlardir. 

 

Nuklein kislotalarining jahon miqyosida muntazam ravishda ilmiy jihatdan 



tadqiq qilinishi natijasida hozirgi kunda biologiya fanida molekulyar biologiya, 

gen muhandisligi va biotexnologiya sohalari shakllanib, bu yo`nalishlar asosida 

daktiloskopiya, transgen o`simlik, hayvonlar va klonlash usullari paydo bo`ldi. 

Mazkur yo`nalishlar faqat nazariy bo`lmasdan, balki tibbiyotda, qishloq ho`jaligida 

insonni ajablantiruvchi ilmiy ishlar qilinmoqda. Nuklein kislotalar tufayli 



21 

 

biologiya fani kriminalistika va ijtimoiy-gumanitar fanlariga kirib, dastlabki 



yutuqlarga ega. 

 

Nuklein kislotalarni fenol yordamida to`qimalardan ajratib olish usuli keng 



qo`llaniladi. Bu usul oqsillarni denaturatsiyaga uchratuvchi moddalar ishtirokida 

(dodeilsulfat natriy ta'sirida yoki yuqori harorat) olib boriladi. Bunda 

denatrutsiyaga uchragan oqsil fenol qismga, nuklein kislota esa suvga o`tadi. 

Keyin nuklein kislota etil spirti yordamida cho`kmaga cho`ktiriladi. 

 


Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə