A qodiriy nomidagi


    2.1. Nuklein kislotalarning kimyoviy tarkibi



Yüklə 436,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/37
tarix31.12.2021
ölçüsü436,67 Kb.
#81458
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
nuklein kislotalar mavzusini oqitilishini yapt lari(1)

  


22 

 

2.1. Nuklein kislotalarning kimyoviy tarkibi 

 

Nuklein kislotalar fermentlar, kislota, ishqor va boshqa kimyoviy birikmalar 



ta'sirida bir necha bo`laklarga parchalanadi. Mazkur struktura birikmalariga azot 

asoslaridan purin va pirimidin, uglevod komponentlaridan riboza va dezoksiriboza 

hamda  fosfat kislota kiradi.  

Purin asoslari 

 

Nuklein kislotalar (DNK, RNK) tarkibida asosan ikki xil purin asoslari 



adenin (A) va guanin (G) uchraydi. Bu birikmalar molekulasi pirimidin va 

imidazol halqasidan tashkil topgan purinning hosilalari hisoblanadi: 

 

 

 



 

Purin asoslari har xil tautomer shakllarida uchraydi: 

 

 

 



Ko`rsatilgan purin azot asoslaridan tashqari, hujayrada gipoksantin (6-

oksopurin) va ksantinlar (2,6 dioksopurin) bo`lib, ular adenin, guaninlarning 

dezaminirlanishidan hosil bo`lib, nuklein kislotalar almashinuvida ishtirok etadilar. 

 

Pirimidin asoslaridan nuklein kislotalar DNK va RNK tarkibida sitozin, 



uratsil (RNK tarkibida) va timin (DNK tarkibida) kiradi. 


23 

 

Nuklein kislotalar tarkibida ko`rsatilgan azot asoslaridan tashqari yana minor 



komponentlari uchrab ular t-RNK tarkibida: digidrouratsil, psevdouridin, ksantin, 

gipoksantin, atsetilsitozin va orot kislotalar uchraydi. DNK tarkibida qisman 5-

metilsitozin va 6-metiladeninlar bor. Metillanish asosan, DNKning 

replikatsiyasidan so`ng hosil bo`ladi. Metillangan asoslar DNK ni "o`zini" DNK- 

aza fermentidan saqlaydi. 

Notabiiy asoslardan 7-metilguanozin, 1-metil-2-amino-6-oksopurin, 6-

dimetilaminopurinlar i-RNK va nukleozidlar tarkibida borligi aniqlangan. 

  

 



 

Yuqorida keltirilgan purin va pirimidin asoslarida qo`sh bog`lar va - 

ОН,  -

NH



guruhlari bo`lib, ular asoslarni har xil tautimer holatiga: oksihosilalari laktam-

laktim va aminohosilalari esa amin-imin ko`rinishga sababchi bo`lishlari mumkin. 

Jumladan, uratsil quyidagicha tautomerlanishi mumkin: 

 

 



Tabiiy nuklein kislotalar tarkibida azotli asoslar laktam va amin shaklida 

bo`lib, bu holat ularga sintezlanishini to`g`ri yo`nalishiga sababchi bo`ladi. Lekin, 




24 

 

nuklein kislotalarga tashqi omillar, jumladan, nurlanish va shu asosda 



tautomerlarni hosil bo`lishi mutagenezning asosini tashkil qiladi. 

 

Azot asoslari ultrabinafsha nurini 260 nm spektrida to`liq yutadi. Xuddi shu 



asosda ularni miqdoriy jixatdan aniqlanadi. 

Uglevod qismlardan RNK tarkibida riboza va DNK da esa dezoksiribozalar 

uchraydi. Nuklein kislotalar tarkibidagi pentozalar 

β

 -D-furanoza shaklida bo`ladi: 



 

 

Uglerod atomlari, nukleotid tarkibidagi pentozalarda tartib raqamiga "shtrix" 



belgisi azot asoslaridan farq qilish uchun qo`yiladi. 

 

Dezoksiribozadagi  C-2



/

 

guruhidagi  OН  ni  protonlanishi  C-2



/

  va  C-3

/

  

bog`larini yanada mustahkamlab, DNK molekulasining fazoviy strukturasini 



kompakt, ixcham holatga keltirishda yordam beradi. 


Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə