A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

V A Z I F A 
 
 
1.
 
Oq  planariyaning  total  preparatini  lupa  yordamida  ko‘rib,  tashqi  tuzilishini 
o‘rganish va rasmini chizish.  
2.
 
Oq planariyaning kundalang kesimini o‘rganish  
3.
 
Jigar  va  oshqozon  qurtlari  hamda  qon  so‘rg‘ichlining  umumiy  ko‘rinishi 
bilan tanishish quruq va hul preparatlar orqali ichki tuzilishini o‘rganish va rasmini 
chizish. 
4.
 
Monieziya va exinokokning tuzilishini o‘rganish.  
Kiprikli 
chuvalchanglar
 
– 
Turbellaria,
 
Oq 
planariya 
yassi 
chuvalchanglarning  erkin  yashovchi,  yirtqichlik  yo‘li  bilan  hayot  kechiruvchi 
vakillaridan  biri  bo‘lib,  chuchuk  suvlarda,  soylar,  hovuzlar  va  chashmalarda 
uchraydi. Tanasining shakli duksimon bo‘lib, 15-22 millimetr kattalikda bo‘ladi.  
Oq  planariyaning  tanasi  sirtqi  tomonidan  kiprikli  epiteliy  bilan  qoplangan. 
Kiprikli epiteliy ostida qo‘ndalang, qiyshiq, bo‘ylama va dorza- ventral muskullar 
joylashgan.  Bularning  hammasi  chuvalchangning  teri-  muskul  xaltasini  hosil 
qiladi. Tana bo‘shlig‘i (organlar oralig‘i) parenxima hujayralari bilan to‘ldirilgan. 
Planariyaning oldingi tomonida ikkita ko‘zi joylashgan.  
Ovqat  hazm  qilish  organlari  tanasining  ikkinchi  yarmining  qorin  tomonida 
joylashgan bo‘lib, muskulli tomoq (xalqum) bilan tutashgan. Xalqum  uchlari berk 
tarmoqlangan  o‘rta  ichak  bilan  tutashgan.  Orqa  ichagi  va  anal  teshigi  bo‘lmaydi. 
Hazm bo‘lmagan ozuqalar og‘iz orqali chiqarib tashlanadi.  
Nerv sistemasi tomoq atrofi nerv tugunlari (gangliya) va ularni tutashtirgan 
nerv xalqali (nerv markazi), undan tan abo‘ylab tarqalgan nerv tomirlardan va nerv 


29 
 
tolalardan tashkil topgan.  

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə