A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

 
 
12-M A SH G‘ UL O T 
 
Mavzu: Yumshoq tanlilar yoki mollyuskalar – Mollusca  
 
Darsning maqsadi:
  Mollyuskalarning anatomo-morfologik, biologik va 
ekologik, xususiyatlari bilan tanishib chiqish, xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini 
o‘rganish.  
Kerakli jihozlar:
 Har xil sistematik oid mollyuskalarning tuzilishini aks 
ettiruvchi jadvallar, tirik suv va quruqlik mollyuskalari, ularning chig‘anoqlari.    
 
                                     V A Z I F A 
 
 
1.
 
Qorinoyoqli  mollyuskalar  –  Gastropoda  sinfining  o‘pkalilar  turkumiga 
kiruvchi,  O‘zbekistonda  trematodalarning  oraliq  xo‘jayinlari  vazifasini 
o‘tovchi  suv  va  quruqlik  mollyuskalarining  tashqi  va  ichki  tuzilishini 
o‘rganish.  
     2. Sadafdor - Anadonta cygnea ning tashqi va ichki tuzilishini o‘rganish. 
 
 
Sinf: Qorinoyoqli mollyuskalar – Gastropoda. Eng yirik
 sinf bo‘lib, 3 ta 
turkumga  ega:  Orqa  jabralilar,  oldingi  jabralilar,  o‘pkalilar.  Ushbu  sinf 
vakillarining  ko‘pchiligida  tana  assimetrik  tuzilgan  bo‘lib,  chig‘anoq  spiral  yoki 
g‘altaksimon  shakllarga  ega.  Tanasi  bosh,  gavda  va  muskulli  tovon  shaklidagi 
oyoqdan  iborat.  Og‘iz  bo‘shlig‘i  ozuqaga  mexanik  ishlov  berish  uchun  jag‘  va 
qirg‘ichga  ega.  Og‘iz  bo‘shlig‘iga  so‘lak  bezining  yo‘llari  ochiladi.  Bosh 
qismidagi 
paypaslagichlarida 
ko‘zlar 
joylashgan.
 


58 
 

28-rasm. Qorinoyoqli mollyuskalar: 
a).  Katta  akam-tukam;  b).  G‘altaksimon;  v).  Tok  shilliq  qurti;  g).  Yalong‘och 
shilliq 
 
 
O‘zbeksiton  xududida  o‘pkalilar  turkumining  vakillari  keng  tarqalgan. 
Ularning  ko‘pchiligi  quruqlikda  (nam  joylarda)  hayot  kechiradi  va  o‘pka  bilan 
nafas  oladi.  Bir  qismi  quruqlikdan  suvga  qaytib  tushgan,  shu  sababli  ularda 
o‘pkalar  saqlanib  qolgan.  O‘pkali  qorinoyoqlilar  germafrodit,  tuxumlaridan  yosh 
mollyuskalar  rivojlanadi.  Ular  orasida  ikkilamchi  suv  mollyuskalaridan  Lymnaea 
avlodiga kiruvchi akam-tukamlar va quruqlik mollyuskalaridan Xeropicta avlodiga 
mansub  mollyuskalar  O‘zbekiston  xududida  uchraydigan  trematodalarning  oraliq 
xo‘jayini bo‘lib hisoblanadi. 
Tirik  mollyuskalarning  gavdasini  chig‘anoqdan  ajrating  (chig‘anoqni 
sindirish  yo‘li  bilan),  bosh,  oyoq,  gavda  qismlarining  tuzilishini  o‘rganing. 
Ochilgan  gavdadan  oyoq  qismini  kesib  tashlang.  ichagini  ajratib  olib,  jigarini 
toping.  Buyum  shishachasida  uni  2-3  tomchi  suvda  pinset  bilan  ezing  va 
mikroskop (okulyar 7, ob’ektiv 8)da ko‘ring. Mollyuska jigarida trematodalarning 
Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə