A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

Sezgi  organlari 
O‘rgimchaksimonlarda  har  xil  mexanik  taa’ssurotlarni 
sezuvchi tukchalar, oddiy ko‘zlar va boshqalardan iborat.  
Nafas olish organlari o‘pka va traxeyalardan iborat.  
Qon  aylanish  sistemasi 
ochiq,  elka  tomonida  yurak  joylashgan  bo‘lib, 
oldingi  va  keyingi  tomonida  aortalari  bor.  Undan  tashqari  yurakda  3  juft  teshik 
(ostiya)  lari  bor.  YUrak  qisqarganida    qon  tana  bo‘shlig‘iga  o‘tadi  va  yurak 
kengaygan vaqtda qon  ostiyalar orqali yurakka kiradi.  
Jinsiy  sistemasi
  O‘rgimchaklar  ayrim  jinsli  hayvonlar.  Jinsiy  bezlar  qorin 
qismida joylashgan. Otalanishi ichki. 
Chayon 
-  Butchus  eupeus  zaharli  o‘rgimchaksimonlardan  hisoblanadi. 
CHayonlar  Markaziy  Osiyo  va  Kavkaz  orti  respublikalarida  keng  tarqalgan. 
CHayonlarning  tanasi  bosh  –  ko‘krak  va  qorin  qismdan  iborat.  Bosh  –  ko‘krakni 
hosil qilishda 7 bo‘g‘im qatnashadi. Sirtqi tomonidan bosh – ko‘krak qismi yaxlit 
qalqon  bilan  qoplangan  bo‘lib,  bo‘g‘imlarga  bo‘lingan  qorin  qismidan  farq 
qiladilar. Bosh – ko‘krakda 2- ta yirik va 2-5 juft mayda oddiy ko‘zlar joylashgan. 
Bosh – ko‘krak pastki tomonidan og‘iz teshigi va uni atrofida 1 juft xelitsera, 1 juft 


71 
 
pedipalpa  joylashgan.  Pedipalpaning  oxirgi  bo‘g‘im  qisqichga  aylangan.  Yurish 
oyoqlarining soni  4  juft.  Qorin qismining bo‘g‘imlari  geteranom  bo‘lib,  oldingi 7 
ta  bo‘g‘imi  enlik,  keyingi  bo‘g‘imlari  ensiz.  Qorin  qismi  pufakchasimon  telson 
bilan tugaydi. Uni ichida tirnoqsimon o‘simtasi bo‘lib, unga zahar bezlarining yo‘li 
ochiladi. 
  
 
 
37-rasm. Chayonning umumiy ko’rinishi. 
 
Oldingi  qorinning  keyingi  to‘rt  bo‘g‘imining  pastki  tomonida  har  bir 
bo‘g‘imda 2 tadan stigma (nafas yo‘llarining teshigi ) bor.1-2 chi bo‘g‘imlarda esa 
jinsiy  teshik  va  uning  ketida  2  ta  taroqsimon  o‘simta  joylashgan.  Taroqsimon 
o‘simtalar tuyg‘u organi vazifasini bajaradi. 
Chayonlar 14 - 16 tagacha tirik bola tug‘ib ko‘payadilar.  

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə