A. V. Mavlonov


Kollektorlarnnng suv, neft, gazga tg’yinganlngi (shimilganligi)



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə15/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

3.5. Kollektorlarnnng suv, neft, gazga tg’yinganlngi (shimilganligi)

Neft va gazga shimilmasdan avval kollektorlar suv bilan shimilgan holatda bg’ladilar, deb faraz qiladilar. Sg’ngra gaz kelib, qatlamning eng yuqori qismini egallaydi, neft esa uning pastidagi joyni egallaydi deyiladi. Demak, gaz va neft ma’lum miqdordagi suvni siqib chiqarib, o’rnini egallangan bo’ladi. Xuddi shu sababdan bu jarayonda ma’lum miqdorda suv neftli va gazli qatlamlarda mavjuddir. Unday suvni qoldiq suvlar deyiladi. Bunday suvlar juda kichik yoriqlarni va donalarning atrofini g’ragan hamda bir-biriga tegib turgan qismlarini egallaydi. Demak, molekulyar va bog’langan suvlar bilan ular qo’shilib ketadi.


Neft va gaz mavjud kollektorning suvga shimilganlik koeffitsienti (Ks) deb, qoldiq suv hajmining hamma ochiq g’ovaklar hajmiga nisbatiga aytiladi. Xuddi shunga g’xshash kollektorning neftga shimilganligi koeffitsienti deb (Kn, Kg), kollektordagi neft miqdorning undagi ochiq g’ovaklikka nisbati tushuniladi. Bu tushunchalarni quyidagicha ifodalash mumkin; neftga shimilgan kollektor uchun:

Ks – Kn = 1


Gazga shimilgan kollektor uchun:

Ks + Kg = 1


Gazga shimilgan kollektorlarda qoldiq suv bilan birga qoldik neft ham mavjud bg’lsa, unday holda




Ks + Kn + Kg =1


Neft, gaz va qoldiq suvning qatlamda taqsimlanish holatlari undagi suyuqliklarning harakatiga va neft-gaz suv bilan siqib chiqarish jarayoniga ma’lum darajada ta’sir etadi. Undan tashqari tog’ jinslarini tashkil qilgan donachalarning suv bilan g’zaro munosabatini g’rganish ham ahamiyatga molikdir, chunki ba’zi jinslarni suv hg’llamaydi, ba’zi donachalarni esa suv atrofini g’rab oladi, demak uni hg’llaydi. Suv bilan hg’llanishi kam bg’lgan sharoitni gidrofob sharoit deyiladi, bunday sharoitda qoldiq suvning miqdori 10% dan oshmaydi, ya’ni KS>0,1. Qolgan vaqtlarda donachalar suv bilan yaxshi qg’llanadi, bu sharoitni gidrofil sharoit deyiladi. Bunda qoldiq suvning miqdori 0,1 dan yuqori bg’ladi. Gidrofob sharoitidan neftni suv bilan siqib chiqarish gidrofil sharoitiga nisbatan qiyin kechadi, chunki ma’lum bir mikdor suv donachalarni yuvish g’rniga ularning tanasiga yopishishga majbur bg’ladi va siqib chiqarish jarayonining kuchi kesiladi.


Qoldiq suvning mikdorini aniqlash avvalo neft va gaz zahiralarini hisoblash uchun zarurdir. Neft va gaz bilan shimilganlik darajasini namuna orqali aniqlaganimizda anchagina noaniqliklarga yg’l qg’yishimiz mumkin. Qatlam sharoitidaga neftga shimilganlik namunaning neftga shimilganlik darajasidan farq qilishi turgan gap, chunki namuna olinayotgan vaqtida undaga neftning bir qismini burg’ulash eritmasi yuvib yuborgan hamda undagi neft tarkibidan ajralib chiqqan gaz ham bir muncha neftni siqib chiqargan bg’ladi. SHu sababdan neftga shimilganlik darajasi kg’rsatkichini suvga shimilganlik darajasi kg’rsatkichini suvga shimilganlik darajasi orqali aniqlash haqiqatga yaqin bg’ladi. Bunda quyidagicha ish qilinadi:

Kg = 1 - Ks


qoldiq suv mikdorini aniqlash turli usullar bilan bajariladi. Namunadagi neftni Din va Stark yoki S.L.Zaks asbobi orqali haydab chiqarish usuli keng tarqalgan. Bunda namunani neftni erituvchi suyuqlik qaynab turgan sharoitda ushlanadi va uning bag’ridagi suv qaynab bug’ sifatida kg’tarilib, maxsus sovutkichda suvga aylantiriladi.


Namunadagi suvni tsentrafuga usulida osongina bajarish mumkin.
Bu jarayonda avvalo suv yirik g’ovaklardan chiqib keladi va aylantirish tezligini oshirishimiz natijasida, kapilyar g’ovaklardan ham chiqib kela boshlaydi. SHu jarayonni kapillyar bosim bilan bog’liqligini, ya’ni suvning ajralib chiqishini namunadagi kapillyar bosimga munosabati orqali aniqlash mumkin.
Kapillyar bosim quyidagicha aniqlanadi.

R = 2 (x22 –x12 ) / 2,


bu erda  - suvning zichligi;


2 - tsentrafuga rotorining burchak tezlanishi;
x2-x1 - aylanish markazidan suv chiqadigan kapillyar g’rtasigacha bg’lgan masofa.
Neftga shimilganlik koeffitsientini geofizik usullar bilan ham aniqlash mumkin. Bunda asosan solishtirma elektrik qarshilik kg’rsatkichining neft bilan shimilgan jins va mutlaqo suv bilan shimilgan namunalardagi farqi orqali aniqlanadi.
Birinchi kg’rsatkichning ikkinchisiga nisbati shu koeffitsienti beradi. Bu quyidagi kg’rinishda ifodalanadi:

Rp =1/Ke,


Rp - neftga shimilganlik kg’rsatkichi;


Ke - suvga shimilganlik koeffitsienti;
p - neft, suvning va jinsning litologik xususiyatiga bog’liq bg’lgan daraja, uning mikdori 1,73 - 4,33 orasida bg’lib, aksariyat 2 qabul qilinadi.
Turli yg’llar bilan topilgan neft va gazga shimilganlik koeffitsienti g’zaro taqqoslanadi va ma’lum miqdor qabul qilinadi.
Aksariyat kollektordagi suv mikdori bir necha foizdan to 35-55% gacha borishi mumkin, lekin kg’pincha uning miqdori 20-30% ni tashkil etadi.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə