A. V. Mavlonov


Quduqlar kesimini taqqoslash (korrelyatsiya qilish)



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə18/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

3.8. Quduqlar kesimini taqqoslash (korrelyatsiya qilish)

Er bag’ri kesmalarini region miqyosida holatini g’rganish va ularning bir-biriga g’xshashlik va farqli kg’rinishlarini aniqlash maqsadida korrelyatsiya g’tkaziladi. Bunday solishtirish fauna va flora qoldiqlariga qarab (biostratigrafiya), qatlamning yoshiga qarab (xronostrati-grafiya) va ularning litologiyasiga qarab (litostratigrafiya) olib borilishi mumkin, qg’yilgan vazifasi amalga oshirish sharoitiga qarab solishtirishlar regional, umumiy va mufassal bg’lishi mumkin. Regional solishtirishda katta region miqyosida solishtirish g’tkazib, qandaydir qonuniyatlar topiladi va katta hajmdagi geologik ishlarni amalga oshirishga yordam beradi. Umumiy solishtirish esa razvedka qilinayotgan konni g’rganishning oxirgi bosqichida olib boriladi, bu ishlarda albatta geofizik tadqiqotlar katta ahamiyat kasb etadi.


Tg’la korrelyatsiya eea kesimning mahsuldor qismini mufassal g’rganishga qaratiladi. Tg’la korrelyatsiyadan kg’zlangan maqsad qatlamning haqiqiy holatga yaqin bg’lgan nusxasini yaratishga qaratilgandir. Bunda mahsuldor qatlamda bg’lishi mumkin bg’lgan barcha xilma-xillikning holatlarini rg’yobga chiqarish va shunga qarab qazish chiqarish ishlarini rejalash kg’zda tutitiladi. Demak, qatlamning chegaralari, undagi mavjud g’tkazuvchanlik va g’tkazmas qatlamlar holati hamda ularning yoyilishi, kesmada har xil geologik nomuvofiqliklarning mavjudliginn aniqlash korrelyatsiyaning asosiy vazifasidir.
Tg’la korrelyatsiya jarayonida quduq kesimi ma’lumotla-riga geofizik tadqiqotlar jalb etiladi. Uning natijasi zahiralarni hisoblashda va qatlamni qazib chiqarish loyihasini tuzishda juda asqotadi. Tg’la korrelyatsiyaning sifatiga kg’rsatilgan vazifalarning aniq bajarilishi kg’p jihatdan bog’liqdir. Tg’la korrelyatsiyaning asosiy vazifasi qatlamlar ketma-ketligini aniqlash va hisobga olishdan iboratdir. CHg’kindi jinslardan tashkil topgan kesmalar har xil yoshga va litologik tarkibga ega bg’lgan qatlamning ketma-ket yotishidan tashkil topgan bg’ladi. Qatlamlar aksariyat muvofiq holda va ba’zan nomuvofiq holda yotgan bg’ladi. Muvofiq holda yotganda qatlamlar bir-birining ustiga yoshiga muvofiq ravishda yotadi. Nomuvofiq geologik kesimda esa qatlamlarning bir qismi yuvilgan yoki diz’yuktiv uzilmalar tufayli qatlamlarning butunligi buzilib, g’z yoshiga muvofiq bg’lmagan qatlamlar bir bir qatorda joylashib qoladi. Bunday hollarda qatlamning yotish burchagida ham nomuvofiqlik sodir bg’lishi mumkin, hatto ba’zan bir xil qatlamlar majmuasi takrorlanishi mumkin.
Qatlam bir-biriga muvofiq joylashgan vaqtlarda ularning qalinligiga e’tibor berish kerak bg’ladi chunki ba’zi hollarda ularning qalinligi g’zgarishi kuzatiladi. Aksariyat qatlam qalinligining g’zgarishiga litologik g’zgarishlar sabab bg’lishi mumkin. Umuman olganda ba’zi qatlamlar qalinligi kamaysa, boshqalarniki ortadi va umumiy qalinlik kg’pincha g’zgarmaydi. Bunday g’zgaruvchan holat qumlardan iborat qatlamlarda kuzatilib, ularni aksariyat argillit, alevrolit va ba’zan gilllar bilan boyishi kuzatiladi va bunday hollarda korrelyatsiya murakkablashadi.
Karbonat tog’ jinslarini korrelyatsiya qilish ham g’z murakkabliklariga ega, chunki ularda aksariyat bg’lg’usi g’zgarishlar ikkilamchi tabiatga ega.
Qatlamlarning ketma-ketligini belgilashda reper qatlamlarni ajratish va belgilash katta ahamiyat kasb etadi. Reperlar g’zidan pastdagi va yuqoridagi qatlamlardan geofizik kg’rsatkichlarining yaqqolligi bilan farqlanadilar va konning hamma joylarida kg’zga tashlanib turadilar. Aksariyat gillardan tashkil topgan qatlamlar g’zlarining belgilari bilan reper vazifasini g’taydilar. SHunday reperlar vazifasini kesimda uchraydigan xemogen qatlamlar ham yaxshi bajaradi. Misol tariqasida Farg’ona vodiysining deyarlik hamma erlarida uchraydigan G’aznov gipslarini olish mumkin yoki Eron konlarining aksariyatida uchraydigan qalin osh tuzi qatlamlarini keltirish mumkin.
Tg’la korrelyatsiya vaqtida qatlamlarning yotishida bir tekislikning qaytarilishini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki chg’kindi jinslar hosil bg’lish jarayonida dengizning bosib kelishi va uning qaytishi bilan bog’liq bg’lgan jarayonlar qatlamlarning bir tekisligini keltirib chiqaradi va ular ma’lum darajada qaytarilgan bg’ladi.
Mufassal korrelyatsiyani aksariyat reperlarni belgilash va ularning chegarasini aniqlash bilan boshlanadi. Reperlarning soni g’rganilayotgan kesimning murakkabligiga bog’liq bg’ladi, g’z ahamiyatiga qarab reperlar I-darajali, II-darajali va h.k. bg’linadi. Birinchi darajali reper asosiy bg’lib, u hamma quduqlarda mavjud va aniq belgilarga ega bg’ladi. Ba’zan g’rganilayotgan kesmada u yg’q, shunda ikkinchi darajali reperlardan foydalaniladi. Bunday reperlar vazifasinn hamma joyda uchraydigan qatlamlar g’tashi mumkin, lekin ularning litologik tarkibi juda barqaror bg’lmasligi mumkin. Birinchi va ikkinchi darajali reperlar litologik ustunga tushirilgan bg’ladi. Tajribada kg’pincha uchinchi darajali reperlardan ham foydalaniladi. Ular aksariyat konning alohida bir qismida g’ziga xos holatga ega bg’lib, kg’pincha quduqlar kesimida geofizik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Albatta bunday hollarda I va II darajali reperlarning kesmadagi holatini inobatga olgan holda, ulardan foydalaniladi I va II darajali reperlar aniqlangach tayanch kesim tanlanadi. Bunday kesim g’zining ma’lumotlari jihatidan eng tg’liq hisoblanib, boshqa kesimlar tuzishda shunga solishtiriladi. Konning katta-kichikligiga qarab tayanch kesim bir va bir nechta bg’lishi mumkin. Bularda albatga hamma mahsuldor qatlamlar aniq ajratilgan bg’lishi lozim. G’tkazuvchan qatlamlarga aksariyat belgi qg’yiladi. CHunonchi, Farg’ona vodiysidagi mahsuldor qatlamlar rim raqamlari bilan belgilangan: neogenda I, II, paleogenda III, IV, V, VI, VII, VIII, IX, X va shu kabilar.
Navbatdagi vazifa butun hamma quduqlar kesimini tayanch kesim bilan solishtirishdir. Buning uchun hamma quduqlarning karotaj diagrammalari olinadi va ularga I va II darajali reperlar tushiriladi, shularga asoslangan holda mahsuldor qatlamlar aniqlanadi.
SHundan sg’ng quduqlar kesimini bir tartib bg’yicha solishtiriladi (masalan, profil chizig’i bg’yicha) va korrelyatsion sxema tuzishga kirishiladi, bunda albatta hamma mavjud reperlar bir-biri bilan bog’langan bg’lishi ta’minlanadi, mahsuldor qatlamlarning holati aniq kg’rsatiladi. Bir katta qog’ozga quduqlarni ma’lum tartibda tushiriladi va ularning 1:200 (yoki 1:500) masshtabda vertikal kesimi va geofizik kg’rsatkichlari tushiriladi (1-rasm).
Mufassal korrelyatsiya qilish vaqtidagi geologik-statik kesim katta yordam berishi mumkin.



1-rasm. Korrelyatsion sxema tuzish.
1-zonalar chegarasi, 2-kollektor

Geologik-statik kesimni tuzish quduq kesimidagi mahsuldor qatlamlarning yoshiga qarab tarqalganligini belgilashga asoslangan. Bunday kesimni tuzish uchun avvalo har bir quduqda mavjud bg’lgan kollektor va kollektor bg’lmagan jinslarga ajratiladi. Sg’ngra bir darajaga (chunonchi, bitta reper bg’yicha) - gorizontal tekislikka barcha quduqlarni keltirib, g’shandan boshlab kollektor va kollektor bg’lmagan qatlamlarni qg’yib chiqiladi. Qatorga qg’yilgan quduqlar kesimidan ularning orasida qancha kollektor mavjud va qanchasi kollektor emasligini kg’rish mumkin. Uni aniq tasavvur qilish uchun bu kg’rsatkichlar qg’shilib, umumiy qalinlikka nisbatan foiz kg’rinishida beriladi.


Xuddi shunday kesamlarni konning har bir qismi uchun tuzish mumkin va natijada ularni solishtirib kollektorlar-ning qatlamdagi mavjudlik darajasini aniqlasa bg’ladi. Bunday usul bilan kon chegarasida mavjud bg’lgan mahsuldor qatlamlarning qanday tarqalganligini tasavvur qilish imkoni paydo bg’ladi. Ob’ektni qazib chiqarish nuqtai nazaridan undagi mahsuldor qatlam bir necha nusxaga tg’g’ri kelishi mumkin.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə