A. V. Mavlonov



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə26/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

Gaz gidratlari - ma’lum bir sharoitdagi bosim va haroratda gazlar molekulalari hosil qilgan kristallik panjarasi orasiga vodorod tufayli suv molekulalari ham kirib qolganda hosil bg’ladigan va ba’zan shunday uyumlar xosil qiladigan t¢plamlardir. Bunday hollarda suvning solishtirma hajmi 1,26-132 sm3/2 ga etishi mumkin. Muzning solishtirma hajmi esa 1,09 sm3/g ga tengdir. Demak, gidratning elementar bg’lagi gaz va suvdan iboratdir. Gidrat holatida 1 hajmli suv 70-300 hajm gazni g’ziga bog’lashi mumkin.
Gidratning hosil bg’lish jarayoni gazning tarkibiga, suvning holatiga hamda bosim va haroratga bog’liqdir. Gidratlarning hosil bg’lish sharoitini R-T munosabati bilan kg’rsatilgan. Ma’lum bosim sharoitida haroratni oshirish yoki g’sha sharoit haroratda bosimni oshirish, yo pasaytirish gidratning gaz va suvga ajralishiga olib keladi. Ba’zi gazlar gidratining zichligi 0,8-1,8 g/sm3 orasida g’zgaradi, tabiiy gazlarniki esa 0,8-1,12/sm3 atrofidadir.
3.12. Neft va gaz konlaridagn suvlar

Suv neft va gaz bilan doimo hamrohdir. Qatlamning neft va gaz bilan band qismiga doimo suv kelib taqaladi. Undan tashqari neft va gaz qatlamlari orasida suvli qatlamlar ham mavjud bg’ladi. Neft va gazni qatlamdan chiqarish jarayonida suv neft-gazning avvalgi g’rnini egallashi mumkin, undan tashqari qabul qilingan. Texnologiyaga asoslanib, neft va gazni siqib chiqarish uchun suvni qatlamga ataylab haydash ham mumkin. Xullas qatlamdagi neft-gaz bilan birga bg’lgan suvning qandayligini, qaerdanligini kon geologi yaxshi bilishi lozim bg’ladi. Buning uchun esa qatlam sharoitida qaysi turdagi suvlar mavjudligini tasavvur qilish kerakdir


Tog’ jinslari orasidaga suvlarning kg’rinishi
Tog’ jinslari orasidagi har xil yoriq va g’ovaklarda suv mavjud, undan tashqari har bir mineral donachaning sirtini yupqa suv qatlami g’ragan bg’ladi. Umuman suvlar tg’g’risidagi gidrogeologiya fanida bu suvlarning har xil kg’rinishi va kelib chiqishi qator mutaxassislar (jumladan, prof.A.A.Kartsev) tomonidan puxta g’rganilgan va bayon etnlgan. SHuni aniq tasavvur qilishimiz lozimki, qatlamdagi suvlar g’sha tog’ jinslari hosil bg’layotgan sharoitda paydo bg’lishi mumkin, undan tashqari atmosferadan yog’digan yog’inlarning er bag’riga shimilshi natijasida hosil bg’lishi mumkin. Hamda tog’ jinslarining siqilishi natijasida ular bag’ridan chiqib qatlamga tushgan suvlar bg’lishi mumkin. YUqorida keltirilganlaridan tashqari neft va gaz bilan b¢lgan suv bug’larining suyuqlikka aylanishi tufayli hosil bg’lgan suvlar ham bg’lishi mumkin. Bu keltirganlarimiz hammasi qatlam sharoitida bg’ladilar va er osti suvlarini tashkil qiladilar.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə