A. V. Mavlonov


Kollektorlarning g’gkazuvchanligi



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə16/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

3.6. Kollektorlarning g’gkazuvchanligi

Tog’ jinslarining bosimlar farqi mavjudligida g’z orasidan suyuqlik va gazlarni g’tkazishi - g’tkazuvchanlik deb ataladi. Tog’ jinslari anchagina g’ovaklikka ega bg’lishlari mumkin, lekin ularning g’tkazuvchanligi nihoyatda past, ba’zilari esa kam g’ovaklikka ega bg’lsalarda (masalan ohaktoshlar), lekin yuqori kg’rsatkichli g’tkazuvchanlikka ega bg’lishlari mumkin. Demak g’ovaklik va g’tkazuvchanlik orasida funktsional bog’liqlik mavjud emas.


Tog’ jinslarining g’tkazuvchanligi zarralarning katta-kichikligiga bog’aliq. Aksariyat chg’kindi yotqiziqlar (qum, qumtosh, konglomerat, ohaktosh, dolomit) ozmi - kg’pmi g’tkazuvchanlik xususiyatiga ega, lekin gillar va mustahkam zichlangan ohaktoshlar anchagina tovak bg’lsalar ham g’tkazuvchanlik xususiyati ularda kamdir.
G’tkazuvchanlik Darsi birligi bilan ulchanadi. Darsi deb yopishqoqligi 1Spz ga ega bg’lgan suyuqliqning 1sm hajmdagi g’ovak jism orasidan 1 atm, bosim farqi orasida sekundiga 1 sm3 sizib g’tgandagi g’tkazuvchanlikka aytiladi. Hozirgi vaqtda xalqaro birliklar sistemasida uning birligi 1m2 dir. Darsining m2 g’tkazish uchun uni 10-12 kg’paytirish lozim: 1d =10-12 m2.
Demak, g’tkazuvchanlikning fizik ma’nosi suyuqlik yoki gaz g’tishi lozim bg’lgan g’ovaklarning yuzasi bilan ifodalanar ekan.
Umumiy(absolyut), samarali(fazali) ham nisbiy g’tkazuv-chanlik tushunchalari mavjud. Umumiy g’tkazuvchanlik jinsning fizik xossasini xarakterlaydi. Kg’pincha namuna ekstraktsiya qilingach, asbob orqali unga gaz haydaladi (laboratoriyada) va shu gazning g’tishi jinsning umumiy g’tkazuvchanligini belgilaydi. Tog’ jinsi har xil suyuqlik va gazlar bilan shimilgan holatda uning g’tkazuvchanligi suyuqlik va gazlarga nisbatan har xil kg’rsatkichga ega bg’ladi. SHuning uchun fazali g’tkazgich u yoki bu suyuqlikning jins g’ovaklarida suv va gaz mavjudligidagi g’sha suyuqlikka xos g’tkazuvchanligidir. Bu kg’rsatkich faqatgina tog’ jinsining g’tkazuvchanlik xossasiga bog’liq bg’lmay, uning qancha miqdorda va qanaqa suyuqlik (gaz) bilan shimilganligiga ham bog’liqdir. Bu kg’rsatkich neft(gaz) konlarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Nisbiy g’tkazuvchanlik esa samarali g’tkazuvchanlikning umumiysiga nisbati bg’lib, g’lchovsiz kg’rsatkichdir.
Masalan, faqat kerosin bilan tg’yingan holatdan 50% suv bilan tg’yingandagi g’tkazuvchanlik 5 marta kamayadi, suv bilan tg’yingandagi 80% ga etganda, u muhit kerosin uchun o’tkazuvchan bg’lmay qoladi. Suv uchun bu holat biroz boshqacharoq kechadi.
SHunday qilib, samarali va nisbiy g’tkazuvchanlik murakkab suyuqlik uchun hamda uning har bir tarkibi uchun umumiy g’tkazuvchanlikdan ancha kam ekan. Samarali g’tkazuvchanlik kon qazib chiqarilish jarayonida g’zgarib turuvchi kg’rsatkichlardir. Boshlanishida u bir kg’rsatkichga ega bg’lgan bg’lsa, qatlamda gaz paydo bg’lgach, qatlamning g’tkazuvchanligi boshqa kg’rsatkichga ega bg’ladi. SHular orasida suv paydo bg’lgach qatlamning neft uchun g’tkazuvchanligi yanada pasayadi va qatlamda qoladigan neftning mikdori oshaveradi.
Laboratoriya sharoitida g’tkazuvchanlikni aniqlashda namunaning qatlam yg’nalishiga nisbatan qanday sharoitda olinganligini aniqlash zarur, chunki qatlam bg’yicha g’tkazuvchanlik bilan unga perpendikulyar yg’nalishdagi g’tkazuvchanlik orasida farq mavjud.
Kon sharoitida quduqlarni tadqiq qilish va ularning mahsuldorligini aniqlash vaqtlarida qatlamning g’tkazuvchan-lik xususiyatini aniqlash va baholash mumkin, chunki Dyupyui formulasi orasida qator kg’rsatkichlar bilan birgalikda g’tkazuvchanlik koeffitsienti ham g’rin olgan. Mahsuldorlik koeffitsienti va indikator egri chiziqlaridan foydalangan holda, bosimning kg’tarilishini tadqiq qilganda pezog’tkazuvchanlik koeffitsienti, g’tkazuvchanlik koeffitsien-ti va boshqa kg’rsatkichlarni baholash mumkin.
Qatlamning g’tkazuvchanlik xususiyatini bilish konning qazib chiqarish loyihasi tuzish va keyinchalik qazib chiqarish jarayonini tahlil qilishda juda katta ahamiyat kasb etadi. SHuni taqozo etish lozimki, konni ekspluatatsiya qilish jarayonida uning bag’ridagi qatlamlarda neftdan tashqari suv va gazning paydo bg’lishi fazali g’tkazuvchanlikni keskin pasaytiradi va qatlamda anchagina neft bg’lgan holda quduqlarni 100% suv bosadi. SHuning uchun qatlamlar g’tkazuvchanligini mufassal g’rganish hamisha maqsadga muvofiqdir. Xuddi shu vajdan ham kon qatlamlari g’tkazuvchanligini mujassam tahlil qilish juda katta ahamiyat kasb etdi.
Mahsuldor kollektorlarning g’tkazuvchanligi mikrometr kvadratning mingdan bir necha ulushidan tortib, to 5 gacha bg’lishi mumkin (yoki 0,001 dan to 5 Darsigacha), aksariyat esa ular 0,05-0,5 mkm2 orasidagi kg’rsatkichga egadirlar.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə