A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


§. Bosh byudjet, uning tarkibi va tuzish tartibi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə49/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

§. Bosh byudjet, uning tarkibi va tuzish tartibi


Bosh byudjet xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha bo‘linmalari yoki yo‘nalishlari bo‘yicha muvofiqlashtirilgan ish rejasi hisoblanadi. U ikki asosiy byudjet shakli: tezkor (operativ) va moliyaviy byudjetlarni o‘z ichiga oladi.

Tezkor (opreativ) byudjet. U shuningdek joriy, davriy byudjet bo‘lib ham sanaladi. Tezkor (operativ) byudjet xo‘jalik yurituvchi subyektning alohida yo‘nalishi uchun kelgusi yilga mo‘ljallangan tadbirlarni namoyon etadi. Uni tuzish jarayonida rejalashtirilayotgan sotuv va ishlab chiqarish hajmi xo‘jalik yurituvchi subyektda faoliyat
yuritayotgan barcha bo‘linmalarning daromadlari va xarajatlarining miqdoriy ko‘rinishiga aylanadi. Tezkor (operativ) byudjet foyda va zarar to‘g‘risidagi byudjet hisobotini o‘z ichiga oladi. Ushbu hisobot sotuv byudjeti, ishlab chiqarish byudjeti, tovar-moddiy zaxiralar byudjeti va tijorat, umumiy va boshqaruv xarajatlari byudjetlaridan tuziladi.
Sotuv byudjeti. Kutilayotgan sotuv hajmi eng asosiy ko‘rsatkich bo‘lganligi uchun byudjetni tuzish jarayoni shu ko‘rsatkichni aniqlashdan boshlanadi va uning o‘zgarishi boshqa ko‘rsatkichlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Sotuv rejasi xo‘jalik yurituvchi subyekt marketing bo‘limi tadqiqotlarining bosh yo‘nalishi hisoblanadi. Ko‘p hollarda sotuv hajmi xo‘jalik yurituvchi subyektda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlari bilan cheklanadi. Sotuv hajmi byudjeti va uning mahsulot ishlab chiqarish turlari bo‘yicha tarkibi xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy faoliyati va darajasini belgilab, boshqa byudjetlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Tijorat xarajatlari byudjeti. Bu byudjetda kelgusida mahsulot va xizmatlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kutilayotgan xarajatlar o‘z aksini topadi. Tijorat va transport bilan bog‘liq ayrim xarajatlar o‘zgaruvchan bo‘lib, reklama va xodimlarning ish haqi kabi xarajatlar doimiy hisoblanadi. Tijorat xarajatlari byudjetini tuzish va uni amalga oshirish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning sotuv bo‘limi mas’uldir.
Ishlab chiqarish byudjeti. Rejalashtirilgan sotuv hajmining miqdoriy sonini o‘rnatgandan so‘ng, kutilayotgan sotuv va zaxiralarning kerakli darajasini ta’minlash maqsadida mahsulot va xizmatlarni qancha miqdorda ishlab chiqarish lozimligini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tayyor mahsulot zaxirasini oldingiday saqlab qolish yoxud uni ko‘paytirish yoki kamaytirish borasidagi tegishli qarorga kelishi kerak. Tayyor mahsulot zaxirasi hajmi, byudjet muddati boshlanishidagi mavjud bo‘lgan mahsulot hajmi hamda sotuv hajmiga oid ma’lumotlardan kelib chiqib ishlab chiqarish jadvali tuziladi.
Xomashyo hamda materillarni sotib olish va ishlatish byudjeti. Xomashyo hamda materiallarni sotib olish va ularni ishlatishning rejadagi ehtiyoji bir hujjatda, shuningdek alohida-alohida hujjatlarda ham tayyorlanishi mumkin. Ko‘pgina xo‘jalik yurituvchi subyektlar yagona hujjatni afzal deb bilishadi. Bu byudjetda ishlab chiqarish
rejasini bajarish uchun xarid qilish muddatlari, xomashyo, materiallar va yarim fabrikatlar turlari hamda soni aniqlashtiriladi. Xomashyo materiallarini ishlatish ishlab chiqarish byudjeti va moddiy zaxiralar darajasida kutilayotgan o‘zgarishlardan kelib chiqadi. Har bir dona ishlab chiqarilayotgan mahsulotning narxi va uning soni ko‘paytirilganda xomashyo materiallarini xarid qilish byudjeti aniqlanadi.
Mehnat xarajatlari byudjeti. Bu byudjet ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmatlar sonini har bir mahsulot birligiga soatlarda sarflangan mehnat normasiga ko‘paytirish orqali topilib, rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmini bajarish uchun zarur bo‘lgan kerakli ish vaqtini soatlarda belgilab beradi. Shu yoki alohida boshqa hujjatda zarur bo‘lgan ish vaqtini soatbay ish haqiga ko‘paytirish orqali pul ko‘rinishidagi mehnat xarajatlari aniqlanadi.
Umumishlab chiqarish xarajatlari. Bu byudjet xomashyo va ish haqi xarajatlaridan farqli ravishda kutilayotgan ishlab chiqarish xarajatlari rejasi ko‘rinishida bo‘ladi. Bu byudjet quyidagi ikki maqsadni ko‘zlaydi:
      • Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha menejerlar tomonidan tuzilgan barcha umumishlab chiqarish xarajatlari byudjetlarini birlashtirish;


      • Ushbu ma’lumot yig‘ilganidan so‘ng, hisobot davrida yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar me’yorini hisoblash hamda kelgusida ishlab chiqarishi mo‘ljallanayotgan mahsulot birligi bo‘yicha ularni taqsimlash yoki boshqa ixtiyoriy olingan har qanday xarajat obyektlari bo‘yicha tannarxni hisoblash imkonini beradi.





Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə