A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


-BOB. ZARARSIZLIK NUQTASI TAHLILI VA MARJINAL DAROMAD



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə87/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

8-BOB. ZARARSIZLIK NUQTASI TAHLILI VA MARJINAL DAROMAD




  1. §. Marjinal daromad haqida tushuncha.


  2. §. “Xarajat-ishlab chiqarish hajmi-foyda” ko‘rsatkichlari tahlili. Zararsizlik (kritik) nuqtasini aniqlash. Boshqaruv hisobida zararsizlik nuqtasini hisoblash usullari.


  3. §. CVP – tahlilining asosiy muammolari.


  4. §. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish. 5 a) illyustrativ misol;

b) test savollari;


v) muammolar va vazifalar;
g) vaziyatli misollar.

    1-§. Marjinal daromad haqida tushuncha


Marjinal daromad – mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan olinadigan tushum bilan uning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farqqa aytiladi.

Marjinal daromad hajmi xo‘jalik yurituvchi subyektning shartli- doimiy xarajatlarini qoplash va foyda olishga qo‘shgan hissasini aks ettiradi. Amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyektlar marjinal daromad miqdorini aniqlashda quyidagi ikkita usuldan foydalanishadi:


  1. Marjinal daromad miqdorini aniqlashning birinchi usulida – mahsulotni sotishdan tushum miqdoridan shartli-o‘zgaruvchan xarajatlarning umumiy summasini ayirib tashlash yo‘li bilan topishadi.


  2. Ikkinchi usulda esa xo‘jalik yurituvchi subyektar shartli-doimiy xarajatlari summasiga foyda summasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlashadi.


Xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaliyotida marjinal daromadning o‘rtacha hajmi degan tushuncha mavjud bo‘lib – uning mohiyati, mahsulot bahosi bilan shartli-o‘zgaruvchan xarajatlarning o‘rtacha miqdori o‘rtasidagi tafovut tushuniladi. Mana shu marjinal daromadning o‘rtacha hajmi mahsulotning shartli-doimiy xarajatlarini qoplashga qo‘shilgan hissa va shunga muvofiq tarzda olingan foyda miqdorini ko‘rsatadi.


Marjinal daromad koeffitsiyenti – mahsulot (ish, xizmat) sotishdan olingan tushumdagi marjinal daromadning ulushi, yoki boshqacharoq ifodalanadigan bo‘lsa, mahsulot bahosidagi marjinal daromad ulushini aks ettiradi.
“Xarajat-ishlab chiqarish hajmi-foyda” ko‘rsatkichlari tahlilida marjinal daromad asosiy omil sifatida hisobga olinadi. Marjinal daromad bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni tahlil qilish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:


MH DX F DXF

MD B OX
Bu yerda, MH – mahsulot hajmi;

DX – shartli-doimiy xarajatlar miqdori; F – foyda;


MD – bir dona mahsulotga to‘g‘ri keladigan marjinal

    daromad;


    xarajatlari.
    B – bir dona mahsulotning sotish bahosi;

    O‘ – bir dona mahsulotning shartli-o‘zgaruvchan



    Misol. Xo‘jalik yurituvchi subyekt kelgusi davrga quyidagi ko‘rsatkichlarni rejalashtirgan. Bir dona mahsulotni bozorda 400 pul birligida sotadi. Bir dona mahsulotga to‘g‘ri keladigan shartli- o‘zgaruvchan xarajatlar miqdori – 290 pul birligiga teng. Rejalashtirilayotgan davr oralig‘ida shartli-doimiy xarajatlarning hajmi jami 800 000 pul birligiga teng bo‘lishi kutilayapti. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari shu davr oralig‘ida 300 000 pul birligida foyda olishni rejalashtirgan.


    Shu misol shartlaridan kelib chiqilsa, yuqoridagi natijalarga erishish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning mahsulot sotish hajmi quyidagicha aniqlanadi:



    MH
    DX F 800000  300000  10000 dona


    BOX 400  290
    Misolimizda mahsulotlarni sotishning zararsizlik (kritik nuqta, foyda ostonasi va sh.k.) nuqtasi (Mz) miqdori 7273 donaga teng bo‘ladi:



    MH
    DX
    B OX
    800000

    400  290


     7273dona


    Kutilayotgan foyda summasi quyidagicha aniqlanadi:

    F = MH (B – O‘X) - DX = 10 000(400-290)-800 000 = 300 000 p.b.


    Shartli-doimiy xarajatlar miqdori quyidagicha aniqlanadi:

    DX = MH (B – O‘X)-F = 10 000 (400-290)-300 000 = 800 000 p.b.


    Bir dona mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar miqdori:



    OX B DX F
     400  800000  300000  290 p.b.



    MH 10000
    Bir dona mahsulotga to‘g‘ri keladigan marjinal daromad summasi:
    MD DX F 800000  300000  110 p.b.
    MH 10000


      Yüklə 1,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə