A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


§. Chiziqli dasturlash modeli muammolarini yechish bosqichlari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə96/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

§. Chiziqli dasturlash modeli muammolarini yechish bosqichlari


Chiziqli dasturlash modelidan bozor munosabatlari tobora erkinlashib borayotgan hozirgi davrda samarali foydalanish uchun, uning oldiga masala qo‘yilishi va qo‘yilgan masala yechimini topish uchun muhim sanaladigan bosqichlar ketma-ketligini har bir rahbar yaxshi bilishi kerak bo‘ladi.

Amaliyotda odatda, mahsulot ishlab chiqarish hajmini bittadan ko‘proq omillar cheklaydi. Bunday holatda biz oddiygina marjinal foydaning cheklovchi resurslar birligiga nisbatidan foydalanib, turli mahsulotlar foydaliligini zanjirlashimiz mumkin. Bir nechta cheklovchi omillar mavjud bo‘lgan sharoitda mahsulotlarni zanjirlash sezilarli farqlanadi.


Bir mahsulotli oddiy «xarajatlar – hajm – foyda tahlili»ning cheklashlar soni ko‘p bo‘lgan mahsulotlar to‘plamigacha kengayishi butun ishlab chiqarishda marjinal foydani maksimallashtiruvchi ishlab chiqarish rejasini aniqlab olish uchun chiziqli dasturlash modelini ifodalashni talab etadi. Chiziqli dasturlash modelining muhim xulosasi shuki, ancha daromadgir mahsulotlar bo‘lib, iste’mol qilingan
cheklovchi resurslar birligida marjinal foydani maksimallashtiradigan mahsulotlar hisoblanadi. Agar ko‘plab cheklovchi omillar mavjud bo‘lsa, foydani oddiy muhimlik darajasiga qarab ajratish imkoniyati bo‘lmagan holatda, chiziqli dasturlash modelining yechimi barcha cheklovlarni qanoatlantirgan holda jami marjinal foydani maksimallashtiradi.
Amaliyotda odatda bittadan ko‘p cheklovlar uchraydi. Demak, cheklovlar to‘plami mavjud bo‘lganda jami marjinal foydani maksimallashtirish asosiy masala hisoblanadi. Chiziqli dasturlash modeli chiziqlilik to‘g‘risidagi tasavvurlar ma’qul hisoblangan masalalarni yechishda foydalaniladi.
Chiziqli dasturlash modellarini qo‘llayotganda biz faqat bitta omil – mahsulot ishlab chiqarish hajmi mahsulotga ketgan jami xarajatlarni o‘zgarishini keltirib chiqarishini ko‘zda tutamiz. Barcha boshqa xarajatlar o‘zgarmas bo‘lsin deylik. Barcha qisqa muddatli qarorlar uchun bu taxmin yetarlicha ma’qul hisoblanadi. Qayerda bu farazlar ma’qul bo‘lmasa, unda qarorlar qabul qilish uchun boshqa modellardan foydalanish kerak.
Mahsulotning optimal assortimentini aniqlashga doir misol ko‘rib chiqamiz:
Kichik xo‘jalik yurituvchi subyektda keng tijorat va iste’mol tovarlari uchun nashriyot va kanselyariya mollari ishlab chiqariladi. Xususan, ikki turdagi («S» va «L») bosma mahsulotlari (albom) ishlab chiqariladi va sinovdan o‘tadi. Albomlarning har bir modeli ikkita bo‘linmadan, ya’ni ishlab chiqaruv va sinov tsexlaridan o‘tadi (1- jadval)1.
Faraz qilaylik, tsex bitta albom ishlab chiqaradi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqaruv tsexi ko‘pi bilan S turdagi 200 ta albom (300 mashina-soati : 1,5 mashina-soati bir albomga = 200 albom) yoki L turdagi 150 albom (300 mashina-soati : 2,0 mashina-soati bir albomga =
1 Пардаев А.Х. Бошқарув ҳисоби. – Т., «Академия» нашриёти, 2002 й., - 176 б., 160-161 -бетлар.

150 albom) yig‘ishi, xuddi shunday nazorat va sinov tsexi 120 ta S (120


: 1,0 =120 birlik) va 240 ta L albomini testdan o‘tkazishi mumkin1.
1-jadval





Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə