A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


§. Baholar bo‘yicha qarorlar qabul qilishga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə63/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

§. Baholar bo‘yicha qarorlar qabul qilishga ta’sir qiluvchi omillar


Xo‘jalik yurituvchi subyekt mahsulotiga bahoni belgilash murakkab jarayondir. Mahsulot birligiga bahoni belgilashga juda ko‘plab omillar ta’sir qiladi. Ularni shartli ravishda quyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1.Tashqi omillar. 2.Ichki omillar.

Chizmadan ko‘rinib turibdiki, tashqi omillar xo‘jalik yurituvchi subyekt mahsulotini taklif qilayotgan bozor tomonidan ta’sir qiladi. Ya’ni, bozorda kuchli raqobat muhiti shakllangan bo‘lsa, aniqrog‘i shu xildagi tovarlar miqdori talab darajasidan ko‘p bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt bozorga kirib borish va u yerda o‘z o‘rnini egallashi uchun mahsulotiga past baho qo‘yishga, hattoki ba’zi paytlarda mahsulotning tannarxidan ham past bo‘lgan bahoni belgilashga majbur bo‘ladi.


Mabodo, xo‘jalik yurituvchi subyekt umuman yangi, qanaqangi darajada unikal xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarib uni bozorga taklif qilayotgan bo‘lsa, bahoni belgilashda xaridorlarning shu tovarga ko‘nikishi va uni ijobiy kutib olishini kutgan holda, yuqori baholarni belgilashi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, mahsulotga bahoni belgilashda u kirib borishi mo‘ljal qilinayotgan bozordagi omillarni e’tiborga olgan holda oxirgi xulosaga kelish, maqsadga muvofiqdir.

Shu bilan bir qatorda xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z mahsulotiga bahoni belgilashda unga ta’sir qiladigan ichki omillar ta’sirini ham hisobga olishi kerak bo‘ladi. Bahoga ta’sir qiluvchi ichki omillarning eng asosiysi – bu tannarxdir. Xarajatlarni amalga oshirishdan oldin shu mahsulot bozorga tovar bo‘lib chiqishida belgilanadigan bahosi nafaqat unga ketgan xarajatlarni qoplashi, balki shu bilan birga ma’lum miqdordagi foydani ham ta’minlashi kerakligi, e’tibor markazida bo‘lishi kerak. Shu bilan bir qatorda, xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishi ana shu baholarning nafaqt joriy xarajatlarni qoplab, yana ma’lum miqdordagi foyda normasini ta’minlashi, shu bilan birga uzoq muddatlarga mo‘ljallangan yirik miqdordagi kapital quyilmalarni amalga oshirish imkonini ham yaratishi kerak bo‘ladi. Tovar birligining bahosini belgilashda ana shu yuqorida keltirilgan unga ta’sir qiluvchi tashqi va ichki omillarning barchasi e’tiborga olinishi kerak.




  1. Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə