A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Buyurtmali 440 000



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə41/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

410 000

Buyurtmali


440 000

1.

Realizatsiyadan tushum

1 640 000


1 713 500


2.

O‘zgaruvchan xarajatlar:



  1. materiallar


  2. ish haqi

369 000


246 000

396 000


264 000




v) o‘zgaruvchan UICHX
g) o‘rash, qadoqlash
d) yashiklarga joylash xarajati

205 000
123 000


-

220 000
123 000


2 500

Jami o‘zgaruvchan xarajatlar


943 000

1 005 500

3.

Marjinal foyda

697 000

708 000

4.

Doimiy xarajatlar:



  1. umumishlab chiqarish xarajati


  2. reklama


v) tijorat va ma’muriy boshqaruv xarajatlari

102 500
61 500

123 000

102 500
61 500

123 000

Jami doimiy xarajatlar


287 000

287 000

Soliqqacha bo‘lgan foyda


410 000



421 000


Qaror: Buyurtmani qabul qilish kerak, chunki u foydani 11 000
p.b. ko‘paytiradi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, agar maxsus buyurtma qabul qilinsa, faqatgina to‘g‘ri materiallar, to‘g‘ri mehnat sarflari, o‘zgaruvchi umumishlab chiqarish xarajatlari hamda mahsulotlarni o‘rash bilan bog‘liq xarajatlarigina o‘zgarar ekan. Mahsulotlarni o‘rash-qadoqlash xarajatlari ortadi, ammo faqat ko‘tara qadoqlash summasigagina (2,500). Barcha qolgan xarajat moddalari ikkala variantda ham o‘zgarishsiz qoladi. Buyurtmani qabul qilishdan bo‘ladigan sof natija – bu marjinal foyda (shuningdek, soliqqa tortilganga qadar sof fayda)ning 11.000ga ko‘payishidir.
Shunday qilib, tahlil buyurtmachining ushbu taklifi qabul qilinishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Maxsus buyurtmani qabul qilish haqidagi qarorni qabul qilishda hisob-kitoblar uchungina marjinal foyda usulidan foydalanish mumkin. Marjinal yondashuv - foyda miqdorining o‘zgaruvchan xarajatlar o‘zgarishi bilan o‘zgarishi samarasini yaqqol namoyish qiladi.
Shu borada rahbarlar uchun tayyorlangan tahlil ma’lumotlarida yuqorida ko‘rib chiqilganidek har bir pozitsiya bo‘yicha o‘zgarishlarni ko‘rsatadigan yana bir grafa qilish mumkin, u holda hisobot yanada tahlilbop bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, rahbariyat uchun ma’lumotlar bazasini imkon qadar soddalashtirish maqsadida, tahlil ma’lumotlarini xarajatlarning barcha moddalari bo‘yicha emas balki faqat o‘zgarish ro‘y bergan xarajat moddalari bo‘yicha ham tuzish mumkin. Xususan, maxsus buyurtma qabul qilingan bo‘lsa, mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlari darajasida doimiy xarajatlarning barchasi odatda o‘zgarmaydi, demak, ular relevant emas va ularni umuman tahlil ma’lumotlaridan chiqarib tashlash mumkin. Boshqa tomondan, agar zarur operatsiyalarni bajarish uchun qo‘shimcha doimiy xarajatlar talab qilinsa, unda ular mazkur qarorga relevant bo‘lib qoladi. Relevant doimiy xarajatlarga misol qilib qo‘shimcha uskunalar sotib olish, binoning ijara xarajatlarini oshirish, xizmat ko‘rsatish, sug‘urta va nazorat uchun xarajatlarni ko‘rsatish mumkin.
Shunday qilib, maxsus buyurtma muammosida barcha o‘zgaruvchan xarajatlar, odatda, relevant xarajatlar, doimiy ishlab chiqarish xarajatlari va barcha tijorat hamda umumiy va ma’muriy xarajatlar esa norelevant xarajatlar bo‘lib, biz ularni yuqoridagi misolda ko‘rib chiqdik. Ammo shuni e’tiborga olish lozimki, har doim ham bunday bo‘lavermaydi. Doimiy xarajatlar relevant bo‘lishi ham mumkin, biz buni oldingi misollarda ko‘rdik. Shuningdek, o‘zgaruvchan xarajatlar ham doim relevant bo‘lavermaydi. Bunga ko‘rilayotgan variantlar bo‘yicha o‘zgarmaydigan tijorat xarajatlari, mahsulotni tashishga, agar u xaridor hisobidan amalga oshirilsa, sarflangan xarajatlar kabilarni misol qilib ko‘rsatsa bo‘ladi.
Umuman, doimiy xarajatlarning relevantligi reja davrlari bilan belgilanadi. Uzoq kelajakda deyarlik barcha xarajatlar o‘zgaruvchan bo‘ladi. Agar vaqt borasida pullarning har xil narxini e’tiborga oladigan bo‘lsak, unda barcha kutilayotgan kelajakdagi daromad va xarajatlar shu miqdorda, ammo vaqt bo‘yicha farq qiluvchi, relevant bo‘lib qoladi.

Cheklangan ishlab chiqarish quvvatlari sharoitida ishlab chiqarish dasturlarini shakllantirish borasida, masalan, kishi-soat yoki mashina- soat, ko‘pincha eng ko‘p foyda beradigan, ma’lum bir mahsulot (xizmat, buyurtma) turini tanlashga to‘g‘ri keladi. Ko‘proq foyda ko‘rish uchun qaysi mahsulot turlari va mahsulotlarni ishlab chiqarish (sotish)ni aniqlashda marjinal yondashuvdan foydalanish yaxshi natija beradi. Avvalambor, buxgalter har qaysi mahsulot uchun marjinal foydani aniqlab olishi shart, so‘ng esa cheklangan resurs birligiga marjinal foydani hisoblab chiqishi lozim.


Shunday qilib, cheklangan resurs sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektning foydani ko‘paytirish mezoni bo‘lib ushbu resurs birligiga bo‘lgan eng ko‘p marjinal foyda hisoblanadi.
Amaliyotdagi ko‘p hollarda bitta emas, balki bir necha cheklovli omilllar mavjud bo‘ladi.
Ana shunday hollarda foydani ko‘paytirish (maksimallashtirish) yoki kamaytirish (minimallashtirish) masalasi chiziqli dasturlash modeli yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruv hisobida chiziqli dasturlash modelini keyingi mavzularda ko‘rib chiqamiz.


Xo‘jalik yurituvchi subyekt ikkita mahsulotning birini
ishlab chiqarishi lozim

Mahsulot turi







Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə