A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


Nasldan naslga o‘tishning sitologik asoslari



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

Nasldan naslga o‘tishning sitologik asoslari.
Mendel gametalar sofligi gipotezasini ta’riflab bergan vaqtlarda mitoz 
haqida, gametalarning rivojlanishi va meyoz to‘g‘risida hali hech narsa 
ma’lum emas edi. Hozirgi vaqtda sitologiya yutuqlari tufayli Mendel 
qonunlari mustahkam sitologik asosga ega bo‘lib qoldi.
O‘simliklar va hayvonlarning har birida xromosomalar ma’lum bir mi­
qdorda bo‘ladi. Oson bo‘lishi uchun faraz qilaylik: o‘rganayotgan organiz­
47- §. Nasldan naslga o‘tishning sitologik asoslari


110
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
mimizda atigi bir juft xromosoma, genlar esa shu xromosomaning qism­
lari bo‘lsin. Juft genlar gomologik xromosomalarda joylashgan. Meyozda 
gomologik xromosomalarning har bir jufti gametalarda bittadan qolishini 
tushunish oson, modomiki, shunday ekan, gametalarda har bir juftda bit­
tadan gen qoladi. Monoduragay chatishtirishda belgilarning ajralishining 
sitologik asoslari shundan iboratki, meyoz natijasida gomologik xromo­
somalar tarqalishi va gaploid jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishidir.
Allel genlar. 
Monoduragay chatishtirishda nasldan naslga o‘tish qon­
uniyatlari to‘g‘risida yuqorida ko‘rib chiqilgan material genetikani yanada 
chuqurroq o‘rganishga doir ba’zi tushunchalarni ta’rif lash uchun im­
kon beradi. Bir­birini istisno etadigan belgilarning rivojlanishini aniqlab 
beruvchi genlar juftlarni hosil qilishini no‘xat, namozshomgul va boshqa 
obyektlardagi nasldan naslga o‘tish misolida ko‘rish mumkin. Masalan, 
no‘xat donlari rangining sariq bilan yashil rangini belgilovchi geni, gul 
rangining oq bilan qizil rangini belgilovchi geni va boshqalar ana shun­
day juftlardir. Juft genlar 
allel genlar
deb ataladi. Demak, no‘xat donlari 
rangining sariq va yashil rangini belgilovchi genlari allel genlar (allellar)
dir. Allel genlar gomologik, ya’ni juft xromosomalardan joy oladi, shunga 
ko‘ra meyoz jarayonida ular har xil gametalarga o‘tib qoladi.

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə