A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

1.
2.
3.
4.
5.
6.
Monoduragay chatishtirish deb nimaga aytiladi?
Monoduragay chatishtirishda fenotip va genotip jihatdan ajralishi
qan day nisbatlarda bo‘ladi?
Mendelning birinchi va ikkinchi qonunini izohlab bering.
Oraliq irsiylanish nima?
Allel genlar deb nimaga aytiladi?
Nasldan naslga o‘tishning sitologik asoslarini tushuntirib bering.
Gametalar
Gametalar
110
V BO‘LIM


111
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
Mendelning uchinchi qonuni. 
Bir juft allellarning irsiylanishi, Mendel 
uchun dominantlik, duragaylarda retsessiv allellarni o‘zgarmasligi, bel­
gilar­ning 3:1 nisbatda ajralishi kabi bir qator qonuniyatlarni ochish im­
konini berdi. Ajralish hodisasi, gametalar juft allellarning faqat bitta gen­
ini saqlashi, gametalar genotip jihatdan sofligini o‘rganish imkoniyatini 
berdi. Lekin organizmlar bir­biridan juda ko‘p belgilari bilan farq qiladi. 
Ikki va undan ortiq belgilarning irsiylanish qonuniyatlarini diduragay va 
poliduragay chatishtirish orqali o‘rganish mumkin.
Diduragay
 
va poliduragay chatishtirish
deb, ikki yoki undan ortiq 
juft belgilari bilan farq qiladigan ota­ona organizmlarning o‘zaro 
chatishtirishga aytiladi. Diduragay chatishtirishni tekshirish uchun 
Mendel ikki juft belgisi bilan: donining rangi (sariq va yashil) va shakli 
(silliq va burishgan) bo‘lgan gomozigota holdagi no‘xat o‘simliklarini 
o‘zaro chatishtirdi. No‘xat donining sariq rangi (A) va silliq shakli (B) 
dominant, yashil rangi (a) va burishgan shakli (b) retsessivdir. Har 
bir o‘simlik bir tipdagi gametalarni hosil qiladi. Bunday gametalarning 
qo‘shilishidan olingan naslning barchasi bir xil ya’ni sariq­silliq bo‘ladi.
Birinchi bo‘g‘in duragaylarida har juft allel genlardan faqat bittasi 
gametalarga tushib qoladi. Ya’ni birinchi meyoz bo‘linish natijasida A gen 
B gen bilan bitta gametaga yoki b gen bilan tushishi, xuddi shu ningdek, 
a gen B gen yoki b gen bilan bitta gametaga tushishi mumkin. Har bir 
organizmda juda ko‘p jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi, statistik qonuni­
yat bo‘yicha har bir duragayda to‘rt xilda 25 % dan — AB, Ab, aB, ab 
gametalar hosil bo‘ladi. Urug‘lanish jarayonida bitta organizm gametalari 
ikkinchi organizmning har bir gametalari bilan tasodifan uchrashishi 
mumkin. Buni Pennet katakchasi yordamida osongina aniqlash mumkin. 
Pennet katakchasiga gorizontal bo‘yicha bitta orga nizm gametalari, verti­
kal bo‘yicha katakchalarning chap tomoniga ikkinchi organizm gametalari 
yoziladi. Katakchalar ichiga esa gametalar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan 
zigotalarning genotipi yoziladi (112­ betdagi 59­ rasmga qarang). F
2
da
hosil bo‘lgan orga nizm larni fenotip bo‘yicha hisoblab chiqish nihoyatda
oson. 
Duragaylar fenotip bo‘yicha to‘rtta guruhga bo‘linadi: 9 ta sariq 
silliq; 3 ta yashil silliq; 3 ta sariq burishgan; 1 ta yashil burishgan du­
ragaylar hosil bo‘ladi. Agar har bir belgilar bo‘yicha ajralishni hisoblab 
chiqiladigan bo‘lsa, sariq donning soni yashil rangga, silliq shaklining soni 

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə